Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Turkiya: Magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olish uchun to‘liq grant, bepul turar joy va oylik stipendiya

10.04.2021 09:42
Turkiya: Magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olish uchun to‘liq grant, bepul turar joy va oylik stipendiya

Davlat:

Turkiya

Rasmiy havola:

international.ku.edu.tr

Grant turi:

Doktorantura, Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida qisqacha:

Koç universiteti - Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan xususiy universitet. U 1993 yilda Vehbi KooFoundation tomonidan tashkil etilgan.

See the source image

Koç University Scholarship grant dasturi universitetning magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qishni istagan yetakchi xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi. Nomzodlardan keyinchalik ham a’lo baholarga o‘qishlari talab qilinadi.

Grantning manfaatli tomonlari:

Koc University Scholarship dasturi magistratura bosqichi talabalari uchun quyidagilarni taqdim etadi:

  1. O‘qish uchun 100% lik grant;
  2. Oylik stipendiya;
  3. Turar joy;
  4. O‘qish va ilmiy izlanishlar uchun boshqa bonuslar.

Koc University Scholarship dasturi doktorantura bosqichi talabalari uchun quyidagilarni taqdim etadi:

  1. O‘qish uchun 100% lik grant;
  2. Oylik stipendiya;
  3. Koch universitetida turar joy;
  4. Tibbiy sug‘urta;
  5. Noutbuk;
  6. Sayohat uchun grantlar.

Ariza topshirish jarayoni:

Dastur uchun barcha davlat fuqarolari nomzodlik qilish imkoniyatiga egadirlar. Grant dasturiga nomzodlik qilish uchun alohida ariza talab qilinmaydi, balki bu yer orqali universitetning magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qish uchun yuborilgan barcha arizalar bir vaqtning o‘zida grant uchun ham ko‘rib chiqiladi.

Talab qilingan ariza hujjatlari:

  • Maqsad bayonoti (Statement of Purpose),
  • Rezyume,
  • Transkriptlar va o‘rtacha bal (GPA),
  • Diplomlar,
  • Tavsiya xatlari,
  • Boshqa hujjatlar ham talab qilinishi mumkin (Dasturning maxsus talablariga qarang).

Eslatma: Ariza berishning oxirgi muddati tanlagan kursingizga qarab farqlanishi mumkin. Batfsil ma’lumot uchun bu yerga tashrif buyuring.