Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

"Peace and Conflict" mavzusida trening - Qirg‘izistonda barcha xarajatlari qoplanadigan 5 kunlik dastur

21.08.2021 21:38

Muddati:

05.09.2021

Davlat:

Qirg‘iziston

Rasmiy havola:

osce-academy.net

Grant turi:

Konferensiya

Bishkekdagi The OSCE Akademiyasi Germaniyaning CRISP tashkiloti bilan hamkorlikda Qirg‘izistonda Peace and Conflicts mavzusida 5 kunlik trening tashkil etishmoqda. Trening davomida ishtirokchilar davlatlar orasidagi nizolarni oson yo‘llar bilan bartaraf etish usullarini ko‘rib chiqadilar va maxsus sertifikatga ega bo‘ladilar. Trening haqida batafsil ma’lumot ushbu havolada.

Foydali tomonlari:

Dastur davomida nomzodlar

  • Treningda bepul qatnasha oladilar;
  • Qirgʻizistonga bordi-keldi safar xarajatlari qoplab beriladi;
  • Turar-joy bilan taʼminlanadilar;
  • Maxsus sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Talablar:

  • Nomzodlar Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston va Afgʻoniston fuqarosi boʻlishi kerak;
  • Nodavlat notijorat tashkilotlar va hukumat tashkilotlarining mutaxassislari, shuningdek tadqiqotchilar, faollar va ekspertlar hujjat topshirishlari mumkin;
  • Ijtimoiy fanlar (Social science)yoki shunga bogʻliq sohalarda bakalavr yoki magistrlik darajasini tugatgan boʻlishi kerak;
  • 5 kunlik treningda aktiv ishtirok eta olishi ya’ni maʼruzalar, ertalab, tushdan keyin va kechqurungi topshiriqlarda faol qatnashishi lozim.

Dasturga qatnashmoqchi bo‘lganlar o‘zlarining CV larini va treningga bo‘lgan qiziqishi, undan kutayotgan natijalari haqida bafurja yozilgan xatni 1ta PDF fayl qilgan holda mas’ul mutaxassis xodim Kanykei Temirbekovaga training@osce-academy.net elektron manzil orqali jo‘natishlari lozim.

Batafsil ma’lumot uchun ushbu havolaga o‘ting.