Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Osiyo Taraqqiyot Banki: Dunyoning 10 ta rivojlangan mamlakatlaridan birida magistratura bosqichida mutlaqo bepul o‘qish imkoniyati

9.03.2021 14:03
Osiyo Taraqqiyot Banki: Dunyoning 10 ta rivojlangan mamlakatlaridan birida magistratura bosqichida mutlaqo bepul o‘qish imkoniyati

Muddati:

30.04.2021

Rasmiy havola:

www.adb.org

Grant turi:

Magistratura

Grant dasturi haqida qisqacha:

Asian Development Bank Japan Scholarship Program grant dasturi 1988 yildan buyon Osiyo va Tinch Okeani hududidagi davlatlarning iqtidorli va a’lochi talabalariga dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ilm-fan va texnologiya, iqtisodiyot, biznes va menejment, rivojlanish tadqiqotlari, huquq va davlat siyosati yo‘nalishlarining magistratura bosqichi kurslarida bepul o‘qish imkoniyatini taqdim etib kelmoqda. Osiyo Taraqqiyot Banki 1988 - 2015-yillar oralig‘ida JSP grant dasturi uchun 170 million AQSH dollari miqdorida pul mablag‘larini ajratdi. Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad - ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan talabalarni moliyav qo‘llab-quvvatlash va ular ham keyinchalik o‘z yurtlariga yetuk kadr sifatida qaytib, mamlakati rivojiga hissa qo‘shishlari uchun imkoniyat yaratishdir. Hozirgacha 37 ta hamkor mamalakatlardan 3 500 nafar nomzodlar ushbu grant bilan taqdirlandi va ulardan 40% ayollarga to‘g‘ri keladi.

Grant qaysi davlatlarda ta’lim olish imkoniyatini beradi:

Nomzodlarga quyida nomlari keltirilgan 10 ta davlatlarda joylashgan 29 ta hamkor universitetlardan birida o‘qish imkoniyati taqdim etiladi. Quyida ta’lim tashkil etilishi ko‘zda tutilgan davlatlar va ular taklif etayotgan yo‘nalishlarni ko‘rishingiz mumkin (batafsil bu yerda):

Hong Kong China

Master of Science in:

  1. Urban Planning
  2. Urban Design

India

  1. Master of Technology in Science and Technology

New Zealand

  1. Master in International Business
  2. Master of Arts (Development Studies)
  3. Master of Science (Environmental Science)
  4. Master programs in Engineering
  5. Master of Public Health

Pakistan

  1. Master in Business Administration

Philippines

  1. Master in Business Administration
  2. Master in Development Management
  3. Master of Agriculture
  4. Master of Science

Singapore

  1. Master in Business Administration
  2. Master in Public Policy
  3. Master of Social Sciences (Applied Economics)
  4. Master of Science in Environmental Management

Thailand

  1. Master of Sciences or Engineering in School of Engineering and Technology
  2. School of Environment, Resources, and Development (SERD)
  3. Interdisciplinary Courses among Schools
  4. School of Management (SOM)
  5. Master in Engineering
  6. Master in Economics

United States

  1. Business Administration
  2. Economics
  3. Geography
  4. Business Administration (Global MBA-Japan Track)
  5. Natural Resources & Environmental Management
  6. Ocean and Resources Engineering
  7. Oceanography
  8. Pacific Island Studies
  9. Public Administration
  10. Sociology
  11. Tropical Plant & Soil Science
  12. Urban and Regional Planning
  13. Master of Law

Japan

  1. Asian Public Policy Program
  2. Master of Arts in International Relations
  3. Master of Arts in International Development
  4. Master of Arts in Economics
  5. Master of Arts in Public Management
  6. Master of Business Administration (MBA)
  7. Master of E-Business Management
  8. Master of Science in Engineering
  9. Master of Arts in Economics
  10. Master of Systems Engineering
  11. Master of Systems Design and Management
  12. Master of Economics
  13. Master of International Studies
  14. Master of Laws
  15. Master of Political Science
  16. International Project Management Course (M.B.A)
  17. Master’s Program in International Environmental Management Program
  18. Special Course in Agricultural Sciences – For the Global Future of Life, Food and the Environment (Master)
  19. International Course in Management of Civil Infrastructure and Earth Resources Engineering
  20. International Course in Urban and Regional Development in the Department of Urban Management
  21. Bioresources Sciences
  22. Agro-Environmental Sciences
  23. Agricultural and Resource Economics
  24. Bioscience and Biotechnology
  25. Global Governance and Corporations
  26. Economic and Business Law in Asia
  27. Innovation and the Law
  28. Fundamental Perspectives on Economic and Business Law
  29. Master of Science in Asia Pacific Studies
  30. Master of Science in International Cooperation Policy
  31. Mathematics
  32. Physics
  33. Chemistry
  34. Earth and Planetary Sciences
  35. Mechanical Engineering
  36. Systems and Control Engineering
  37. Electrical and Electronic Engineering
  38. Information and Communications Engineering
  39. Industrial Engineering and Economics
  40. Materials Science and Engineering
  41. Chemical Science and Engineering
  42. Mathematical and Computing Science
  43. Computer Science
  44. Life Science and Technology
  45. Architecture and Building Engineering
  46. Civil and Environmental Engineering
  47. Transdisciplinary Science and Engineering
  48. Social and Human Sciences

Grantning tafsilotlari:

Dastur nomi: Asian Development Bank Japan Scholarship Program

Grant turi: To‘liq moliyalashtirilgan

Tashkilot: Osiyo Taraqqiyot Banki (Asian Development Bank)

Daraja: Magistratura (2 yillik)

Grant uchun kimlar ariza bera oladilar:

ADB Japan Scholarship Program granti uchun quyida nomlari keltirilgan Osiyo va Tinch Okeyani hududiga kiruvchi davlatlarning fuqarolari ariza bera oladilar (O‘zbekiston ham bu ro‘yxatda bor):

Afg‘oniston

Myanma
Armaniston Nauru
Ozarbayjon Nepal
Bangladesh Niue
Butan Pokiston
Kambodja Palau
Kuk orollari Papua-Yangi Gvineya
Gruziya Filippin
Hindiston Samoa
Indoneziya Solomon orollari
Fidji Shri-Lanka
Qozog‘iston Tojikiston
Kiribati Tailand
Qirg‘iziston Respublikasi Tonga
Laos Xalq Demokratik Respublikasi Turkmaniston
Malayziya Tuvalu
Maldiv orollari O‘zbekiston
Marshal orollari Vanuatu
Mikroneziya Federativ Shtatlari Vetnam
Mo‘g‘uliston Sharqiy Timor

Grantning manfaatli tomonlari:

Ushbu grant dasturi quyidagi xarajatlar uchun mablag‘ ajratadi:

  • O‘qish uchun mablag‘;
  • Oylik stipendiya va uy - joy ijarasi uchun mablag‘;
  • Darsliklar va o‘quv materiallari uchun mablag;
  • Tibbiy sug‘urta xarajatlari;
  • Yo‘l xarajatlari;
  • Tadqiqot ishlari bilan qiziqgan talabalar maxsus grant bilan ilmiy ish yozishlari mumkin. Bundan tashqari ma’lum holatlarda, kompyuter savodxonligi, til kursi va boshqa shu kabi kurslar uchun ham stipendiya ajratilishi mumkin.

Grantning talablari:

  1. Nomzodlar yuqorida nomlari keltirilgan davlatlarning fuqarolari bo‘lishlari kerak;
  2. Bu dasturda ishtirok etuvchi talabgor, dastlab, hamkor universitetlardan birida magistratura darajasi uchun o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak;
  3. Nomzodlar bakalavr darajasiga ega bo‘lishi kerak;
  4. Nomzodlar ariza berishgacha kamida 2 yil to‘liq stavkali professional mehnat tajribasiga ega bo‘lishi kerak;
  5. O‘qishni davom ettirishi uchun ingliz tilida bemalol suhbatlasha olishi va yoza olishi kerak;
  6. Ariza topshirish vaqtida 35 yoshdan oshgan bo‘lmasligi lozim. Istisno hollarda katta xodimlarga va boshqaruvchilarga to‘g‘ri keladigan dasturlarda arizachi 45 yoshgacha bo‘lishiga ruxsat beriladi;
  7. Nomzodlar sog‘lom bo‘lishlari kerak;
  8. O‘qishni tugatishi bilan o‘z davlatiga qaytib kelishga rozi bo‘lishi kerak;
  9. Osiyo Taraqqiyot Bankining ijrochi direktorlari, yordamchi direktorlari, boshqaruv xodimlari, maslahatchilari va ularning qarindoshlari va oila a’zolari ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi;
  10. Ushbu dasturning joylardagi xodimlari ham dasturda ishtirok eta olmaydi;
  11. O‘z davlatidan boshqa davlatda yashayotgan yoki ishlayotgan arizachilar ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi;
  12. Ushbu dasturga magistratura bosqichida o‘qiyotgan nomzodlar ariza bera olmaydilar;
  13. Ushbu dastur bakalavr darajasi uchun o‘qishga, masofadan ta’lim dasturlariga, qisqa muddatli treninglar, konferensiyalar, seminarlar, ilmiy ish yozish va ilmiy izlanish loyihalariga homiylik qilmaydi.

Hujjat topshirish va qabul jarayoni:

  • Arizalar grant dasturida ishtirok etayotgan o‘quv yurtlaridan birini bu yerdan tanlagan holda ularga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuborilishi kerak;
  • Hujjatlarni topshirish tartibi va muddati har bir universitet uchun farqli bo‘lishi mumkin. Qabul jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
  1. Nomzodlar o‘qishga kirish uchun hamkor oliy o‘quv yurtlardan biriga qabul borasida ma’lumot va anketa so‘rab murojaat qilishlari kerak;
  2. Nomzodlar universitet tomonidan o‘zi topshirmoqchi bo‘lgan o‘quv dasturi uchun talab qilingan barcha hujjatlar va grant dasturi arizasini MS WORD/PDF yuklab olib, boshqa hujjatlar bilan birga to‘ldiridilar;
  3. Arizalar tayyor holda tanlangan universitetga yuboriladi;
  4. Hujjatlar taqdim etilgan universitet ularni ko‘rib chiqadi va nomzodni qabul qilish yoki qilmaslikni hal qiladi;
  5. Universitet tomonidan tanlab olingan nomzodlar ro‘yxati Osiyo Taraqqiyot Bankiga yuboriladi;
  6. Osiyo Taraqqiyot Banki universitet yuborgan ro‘yxatni ko‘rib chiqadi;
  7. Osiyo Taraqqiyot Banki nomzodlarni Yaponiya ijrochi direktoriga tasdiqlash uchun taklif qiladi;
  8. Osiyo Taraqqiyot Banki nomzodlarni tanlaydi va universitetlarga bu borada xabar beradi;
  9. Tanlangan universitetlar esa nomzodlarni bundan xabardor qiladi.

Jarayon borasida batafsil ushbu yo‘riqnomani yuklab olish orqali tanishib chiqing.

Tugash muddati: 2021-yil 30-aprel

Qo‘shimcha ma’lumotlar va murojaatlar uchun:

ADB–Japan Scholarship Program
Office of Cofinancing Operations
For inquiries: http://www.adb.org/forms/request-information-form
Fax: +63 2 636 4444; +63 2 636 2456
Website: http://www.adb.org/JSP/
Facebook: https://www.facebook.com/adbjapanfunds

Batafsil rasmiy saytda