Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

KAIST Scholarship 2022: Koreyaning KAIST universitetida magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olish uchun to‘liq grant va oylik stipendiya

17.08.2021 15:35
KAIST Scholarship 2022: Koreyaning KAIST universitetida magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olish uchun to‘liq grant va oylik stipendiya

Muddati:

12.09.2021

Davlat:

Janubiy Koreya

Rasmiy havola:

admission.kaist.ac.kr

Grant turi:

Doktorantura, Magistratura

Grant va universitet haqida qisqacha:

KAIST (Korean Advanced Science and Technology Institute) - Janubiy Koreyaning Daedeok innopolisida joylashgan milliy tadqiqot universiteti hisoblanadi. KAIST Koreya hukumati tomonidan 1971-yilda mamlakatning birinchi jamoatchilik, tadqiqotga yo‘naltirilgan ilmiy va muhandislik muassasasi sifatida tashkil etilgan. KAIST Scholarship 2022 granti Janubiy Koreyada to‘liq moliyalashtirilgan stipendiya dasturi hisoblanadi va u barcha o‘qish va yashash xarajatlarini qoplashi ko‘zda tutilgan. KAIST universitetining o‘zi esa THE (Times Higher Education) e’lon qilgan dunyo universitetlari reytingida #96-o‘rinni egallaydi. KAIST universiteti tomonidan o‘qitiladigan barcha o‘quv kurslari haqida bu yerdan ma’lumot olishingiz mumkin. Agar sizda ham shunday nufuzli universitetda mutlaqo bepul o‘qish istagi bo‘lsa, u holda shoshiling!

See the source image

Grantning umumiy tafsilotlari:

  • Davlat: Janubiy Koreya;
  • Universitet: KAIST universiteti;
  • Grant turi: Xalqaro to‘liq grant;
  • Manfaatli jihatlari: To‘liq o‘qish puli qoplanadi va talaba bepul sug‘urta hamda oyiga 350 000 Korean Won (taxminan 300 AQSh dollari) va doktorantura bosqichi talabalari oyiga 400 000 Korean Won (taxminan 350 AQSh dollari) miqdorida stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • Davomiyligi: 4 semestr (2 o‘quv yili)
  • Kimlar uchun: KAIST universitetida magistratura va doktorantura bosqichida o‘qishni istagan barcha xalqaro talabalar uchun;

Til talabi:

Ariza topshirish jarayoni:

  1. Administrator sifatida Internet Explorer (IE) brauzerini ishga tushiring;
  2. BU YERDAN KAIST onlayn dastur tizimimizga kiring;
  3. Online Onlayn arizangizni to‘ldiring;
    - Hisob qaydnomasini yarating va KAIST da o‘qish darajasi va dasturini tanlang;
    - Shaxsiy va ilmiy ma’lumotingizni, oldingi tajriba va yutuqlaringizni kiriting;
    - Maqsadingiz to‘g‘risida bayonot yozing va KAIST talab qiladigan boshqa savollarga javob bering.
    - Moliyaviy resurslaringizni tanlang - bu bosqichda siz KAIST stipendiyasiga ariza topshirishingiz mumkin.
    - Ariza to‘lovini onlayn to‘lang - 80,000 KRW yoki 80 AQSh dollari.

Dastur borasida ba’tafsil ma’lumotlarni quyidagi ilova fayllari va rasmiy sahifalardan olishingiz mumkin:

Batafsil bu yerda