Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Gonkong: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi

13.08.2021 07:21
Gonkong: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi

Muddati:

15.11.2021

Davlat:

Gonkong

Rasmiy havola:

www.cityu.edu.hk

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi haqida:

Gongkong Siti universiteti - talabalarning iste’dodlarini rivojlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot uchun tegishli bilimlarni boyitish vazifasini o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan davlat tadqiqot universiteti. Ushbu universitet QS Global World Rankings 2021-yil reytingida 48-o‘rinni egallaydi va Gonkongning eng yaxshi davlat universitetlaridan biri hisoblanadi.

See the source image

Universitet hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan kunduzgi bakalavriat dasturlariga qabul qilingan, yaxshi akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mahalliy bo‘lmagan talabalar uchun turli xil kirish stipendiyalarini taklif etadi. Ayni vaqtda universitet tomonidan taklif etilayotgan International Students grant dasturidan asosiy ko‘zlangan maqsad xalqaro talabalarni moliyaviy rag‘batlantrish va ularga Gonkong davlatida ta’lim olishlari uchun imkoniyat yaratib berishdir.

Grant dastrui kimlar uchun?

  • Barcha xalqaro talabalar uchun.

Ariza topshirish jarayoni:

Nomzodlar avvalo o‘zlari tanlagan bakalavr yo‘nalishi uchun BU YERDAN onlayn ariza berishlari kerak. Belgilangan mezonlarga javob beradigan talabalarga ularning akademik ko‘rsatkichlari asosida grantlar ajratiladi. Grant olish uchun alohida ariza kerak emas.

Asosiy zaruriy hujjatlar:

Talabalar universitetga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:

  • Pasport nusxasi;
  • O‘rta maktab bitiruv guvohnomasi.

Qabulning asosiy talabi:

Talabalar CityU oliygohiga qabul qilinishlari uchun avvalgi diplom/sertifikatlarida 3.4 yoki undan yuqori CGPA ko‘rsatkichiga ega bo‘lishlari kerak.

Til talabi:

Nomzodlar quyidagi ingliz tilini bilish testlaridan birida ko‘rsatilgan minimal natijaga ega bo‘lishlari kerak:

  • IELTS – 6.5
  • TOEFL IBT – 79
  • TOEFL PBT – 550

Dasturning manfaatli tomonlari:

International Students grant dasturi 2021/22- o‘quv yilida xalqaro talabalarga quyidagi uchta shakldan birida taqdim etiladi:
• Har yili o‘qish uchun to‘lovlarni, talabalar turar joyida yashash va yashash xarajatlarini qoplaydigan 180 000 Gonkong dollari (taxminan 23 200 AQSh dollari) ajratish;
• Har yili o‘qish uchun to‘lovlarni qoplaydigan miqdorda grant ajratish;
• O‘qish uchun yillik to‘lovlarini yarmini qoplaydigan yarim grant ajratish.

Batafsil bu yerda