Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

OIST: Talabalar uchun Yaponiyada to‘liq moliyalashtirilgan 2-6 oylik amaliyot dasturi va kunlik 22 AQSH dollar qiymatida ish haqi

18.03.2022 04:15
OIST: Talabalar uchun Yaponiyada to‘liq moliyalashtirilgan 2-6 oylik amaliyot dasturi va kunlik 22 AQSH dollar qiymatida ish haqi

Muddati:

15.04.2022

Davlat:

Yaponiya

Rasmiy havola:

admissions.oist.jp

Grant turi:

Bakalavriatura, Internship, Magistratura

  • Umumiy ma’lumotlar

OIST (Okinawa Institute of Science and Technology) oliygohi butun dunyo bakalavriat bosqichi talabalari yoki yaqinda universitetni tamomlagan va doktorantura bosqichi dasturiga qo‘shilish istagida bo‘lgan talablar uchun. OIST Internship amaliyot dasturida ilmiy amaliyotchi sifatida ta’lim olish imkoniyatini taqdim etmoqda. OIST oliygohidagi ilmiy amaliyot talabalarga OIST fakulteti rahbarligi ostida ilmiy-tadqiqot muhitida ishlash va tajriba orttirish imkoniyatini beradi.

Nomzodlarni dasturga qabul qilish jarayoni ularning yoshi, jinsiy orientatsiyasi, aqliy yoki jismoniy nogironligi, tibbiy holati, irqi, millati, ajdodi, madaniyati, milliy kelib chiqishi, dini va oilaviy ahvolidan qat’iy nazar amalga oshiriladi. Ayollarning murojaatlari ayniqsa rag‘batlantiriladi.

Kimlar uchun:

OIST ilmiy amaliyot dasturiga xalqaro yoki Yaponiya universitetlaridan birida bakalavriat yoki magistratura dasturlarining so‘nggi 2 yilida o‘qiyotgan yoki shu kabi muassasalarning bitiruvchilari bo‘lgan a’lochi talabalar ariza bera oladilar. Nomzodlar dasturda ta’lim olishlari uchun hozirda ro‘yxatdan o‘tgan oliygohlaridan ruxsat olishlari kerak.

Ariza topshirish jarayoni:

Dasturga arzia topshirish uchun nomzodlar onlayn hisob qaydnomasini ochishlari kerak bo‘ladi. Ismingiz va parolingizni eslab qolishingizga ishonch hosil qiling. Siz dasturning onlayn oynasida so‘ralgan ma’lumotlarni birdaniga yoki bir nechta urinishlarda to‘ldirishingiz mumkin. Dasturga ariza topshirish uchun quyidagi materiallar talab qilinadi:

1. Tarjimai hol (CV);

    • Bu uchun majburiy format mavjud emas, ammo OIST tomonidan taqdim etilgan na’muna shaklidan foydalanishingiz mumkin;

2. Qiziqish bayonoti - quyidagi savollar uchun javoblarni o‘z ichiga olgan 400 so‘zli bayonot yozing:

      • OIST va siz istagan tadqiqot bo‘limi hozirgi tajribangiz va mahorat darajangizga qanday mos keladi? Agar siz bir nechta tadqiqot bo‘linmalariga qiziqsangiz, o‘zingizning qiziqishingizni bitta bayonot orqali tushuntirib bering.
      • OIST da nimaga erishish niyatidasiz?
      • OIST dagi tadqiqot amaliyoti sizning umumiy faoliyatingizdagi rejalaringiz/orzularingizga qanday mos keladi?

3. Akademik transkript (Baholar ko‘rsatkichi);

    • Sizning hozirgi akademik ko‘rsatkichlaringizni skaynerlangan nusxalari va avvalgi darajangiz bo‘yicha boshqa har qanday transkriptlar (bakalavr, magistratura baholari va boshqalar).

4. Tavsiya xati;

    • Sizning ilmiy ishlaringiz bilan yaqindan tanish bo‘lgan o‘qituvchi yoki tadqiqot mutaxassisi tomonidan tavsiyanoma taqdim etilishi kerak. Har bir murojaat etuvchidan tegishli tavsiyanoma beruvchilardan olingan kamida bitta va ko‘pi bilan uchta tavsiyanoma talab qilinadi. Dastur uchun ariza to‘ldirish jarayonida tavsiyanoma beruvchining elektron pochta manzilini qoldirasiz va siz taqdim etgan elektron pochta manzili to‘g‘ridan tavsiyanoma dastur tashkilotchilari tomonidan so‘raladi. Shakl bo‘yicha ma’lumotlarni yuborishdan oldin tavsiyanoma beruvchining roziligini oling. Tavsiyanomalar nomzodlarning o‘zlaridan qabul qilinmaydi. OIST kerakli shaxslardan tavsiyanomani olganida ariza beruvchilar onlayn ariza tizimida avtomatik ravishda xabardor qilinadi.

5. Pasport foto - Yuzingizni old tomondan pasport standartida yaqin kunlarda olingan rasmni yuklang.

Qabul tugashi:

Dastuur uchun qabul odatda yilda ikki marta bo‘lib o‘tadi va hozirda dasturning 1-davrasi uchun qabul 15-mart 2021-yilda boshlangan bo‘lib, 15-aprel 2021-yilgacha davom etadi.Hozirda esa 2- davra uchun onlayn arizalar qabul qilinmoqda. Jarayonni batafsil quyidagi rasmiy jadvalda ko‘rishingiz mumkin:

Dasturning manfaatli tomonlar:

OIST muvaffaqiyatli nomzodlar uchun quyidagi moliyaviy ko‘makni taqdim etadi:

  • Amaliyot uchun stipendiya - Bir amaliyot kuniga 2400 YPY - taxminan 22 AQSh dollari (soliq solinadigan va dam olish kunlari bundan mustasno);
  • Bepul transport - OIST Shuttle Bus Pass;
  • Sayohat xarajatlari - to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir tomonlama samolyot chiptasi (sayohat sanasi joylashtirish muddatiga yaqin bo‘ladi);
  • Turar joy - talabalar shaharchasida yoki tashqarisida jihozlangan kvartira shaklida.

Amaliyot o‘tashingiz mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar ro‘yxati bilan bu yerda tanishib chiqing.

Dastur uchun hoziroq bu yerdan ariza berishingiz mumkin.

Batafsil bu yerda