Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xalqaro va respublika olimpiada g‘oliblari uchun qanday imtiyozlar mavjud?

13-may 21:37
Xalqaro va respublika olimpiada g‘oliblari uchun qanday imtiyozlar mavjud?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-qaroriga muvofiq, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab, asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1-3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.

Shuningdek, quyidagi xalqaro olimpiadalarda 1-3-o‘rinni olgan abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadi.

Bular:

- Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO)

- Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO)

- Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO)

- Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO)

- Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI)

Izoh: mazkur ro‘yxatda keltirilmagan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqichiga tenglashtiriladi va ular ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.

Bu nima degani?

Ya’ni yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi, balki qaysi fandan g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, faqat o‘sha fandan maksimal ball beriladi.

Aytaylik, barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan Mendeleyev xalqaro kimyo olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi OTMga hujjat topshirsa, unga test sinovlarida kimyo fanidan maksimall ball beriladi, lekin qolgan fan bloklarini o‘zi ishlashiga to‘g‘ri keladi.