Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yale Young Global Scholars (YYGS) : AQSHda 16-18 yoshliklar uchun yozgi maktab-100% gacha qoplanadi

14.09.2021 23:44
Yale Young Global Scholars (YYGS) : AQSHda 16-18 yoshliklar uchun yozgi maktab-100% gacha qoplanadi

Muddati:

03.11.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

globalscholars.yale.edu

Grant turi:

Konferensiya, Tanlovlar

Umumiy Ma’lumotlar:

c: AQSHning eng nufuzli universitetelaridan biri Yale universiteti tomonidan madaniyatlar almashinuvini yaxshilash maqsadida 2 haftalik yozgi maktab dasturini e’lon qilindi. Dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlaridan 2000 dan ortiq yoshlar qabul qilinadi. Moliyaviy jihatdan qiynalgan yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida 100% gacha stipendiyalar ajratish ham mumkin va buning uchun $3 million AQSHdollari ajratilgan.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

  • Maktabda 10-11 sinf yoki kollej/litseyda oxirgi 2 kurs mobaynida o‘qiyotgan bo‘lishi;
  • Nomzodlar kamida 16 yosh bo‘lishi (19-iyul 2022 ga qadar);
  • Ushbu dasturga ilgari qatnashmagan bo‘lishi lozim;

Eslatma: 1-bosqich qabul jaroyonlarining oxirgi muddati 2021-yil 3-noyabr. Ariza topshirish uchun 1 martalik to‘lov badali $60 to‘lanishi kerak. Yakuniy natijalar 2022-yil 5-yanvarda e’lon qilinadi. 2-bosqich qabul jarayonlari oxirgi muddati 2022-yil 10- yanvar. Ariza topshirish uchun 1 martalik to‘lov badali $75 to‘lanishi kerak. Yakuniy natijalar 2022-yil 15-martda e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  • Mashg‘ulotlar ro‘yxati;
  • Bitta 400 so‘zlik hamda 200 so‘zdan iborat insholar (Nomlari o‘sha payt ko‘rsatiladi);
  • Attestat/diplom baholari;
  • 2 ta tavsiyanoma;
  • Til sertifikatlari: TOEFL yoki Duolingo(agar mavjud bo‘lsa);
  • Moliyaviy ko‘mak olishni istagan nomzodlar "Fee Waiver"bo‘limini ham to‘dirishlari kerak;

Dasturga qabul jarayonlari bilan batafsil bu yerdan bilib oling!

Savollar yuzasidan bu yerga murojaat eting: