Ba’zi litsenziyaga ega xususiy oliygoh talabalari diplom ololmasligi mumkin

05.03.2023 00:59
Ba’zi litsenziyaga ega xususiy oliygoh talabalari diplom ololmasligi mumkin
"Registon" o'quv markazida tahsil oluvchi o'quvchilar malakali ustozlar tomonidan yozilgan adabiyot va qo'llanmalar bilan bepul ta'minlanadilar.
– Registon ta'lim loyihasi

HEMIS dasturi kirib bormagan nodavlat oliygohlar diqqatiga!

Davlat oliygohlarida o‘qitish tizimi HEMIS dasturi asosida kredit-modul hisobida o‘qitiladi. Nodavlat oliygohlarning ham ayrimlari ushbu dasturda ta’lim berib kelishmoqda.

Biroq, endilikda ushbu dastur asosida o‘qitilmaydigan nodavlat oliygohlarning bitiruvchilariga diplom berilmaydi. Yangi o‘quv yiliga qadar (iyul oyi) barcha nodavlat oliygohlari HEMIS dasturiga o‘tishi va talabalik safiga qabul qilingan barcha talabalari dasturga kiritilgan bo‘lishi lozim.

Dasturga kiritilmagan talabalarga diplom berilmaydi. "Ta’limga oid" telegram kanali manbasiga ko‘ra, vazirlik tomonidan hududiy ishchi guruhlar o‘rganish boshlagan.