Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQSH da Mayami Universitetida qisman va 100%gacha bo‘lgan grantlar.

17.04.2022 09:48
AQSH da Mayami Universitetida qisman va 100%gacha bo‘lgan grantlar.

Muddati:

01.12.2022

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

miamioh.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Mayami Universiteti tomonidan bakalavr bosqichida o‘qishni istaganlar uchun o‘zining "International Scholarship" ya’ni eng kamida 1000 dollardan to‘lliq 100%gacha bo‘lgan grant dasturlari e’lon qilindi. Ushbu universitetning yo‘nalishlari bilan mana bu yerda batafsil tanishib oling!

Grantning foydali taraflari :

  • Dasturga qabul qilinganlar $1,500 to $12,000 gacha stiepndiya bilan ta’minlanishi mumkin. Ammo boshqa turdagi ya’ni yashash xarajatlari, aviqabiletlar qoplab berilmaydi;

Nomzod uchun qo‘yilgan talablar:

  • Nomzod maktabni/kollejni/litseyni yuqori baholar bilan tamomlagan bo‘lishi lozim;
  • Ijtimoiy hayotdagi faollik hamda yutuqlari inobatga olinadi;
  • Til bilish ko‘nikmasi juda yaxshi bo‘lishi lozim (Kamida IELTS 6.5 , TOEFL ( IBT 80));
  • Agarda nomzod SAT, ACT sertifikatlari mavjud bo‘lsa ixtiyoriy jo‘natib qo‘yishlari mumkin;

Muhim: Oxirgi muddat 1 dekabr 2022-yil. Alohida ushbu grant dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tilmaydi, shunchaki ushbu universitetga qabul qilingan nomzodlar ushbu yuqoridagi talablarga mos kelishsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlov ishirokchilariga aylanadilar!

Dasturga hujjat topshirishdan oldin universitetning rasmiy sahifasidan universitet haqida batafsil bilib oling!