Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQSHda amaliyot o‘tash uchun qisman qoplanuvchi grant dasturi

3.09.2021 11:18
AQSHda amaliyot o‘tash uchun qisman qoplanuvchi grant dasturi

Muddati:

31.12.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.eastwestcenter.org

Grant turi:

Internship

POSCO Visiting Fellowships dasturi taniqli olimlar va siyosatchilarni Shimoliy-Sharqiy Osiyodagi siyosiy, xavfsizlik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo‘yicha siyosat bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazishga taklif etadi. Dastur Sharqiy-G‘arbiy Markazda o‘qitiladigan koreysshunoslik sohasida ilmiy ish olib boruvchilar uchun bo‘lib, ishtirokchilar amaliyot va tadqiqot o‘tash bilan birga, stipendiya va yo‘l chiptasi bilan ta’minlanadilar.

Ushbu dasturga arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati - 31-dekabr.

Ariza berish tartibi:

Nomzodlar quyidagilarni topshirishlari kerak:

  • Ariza formasini to‘ldirishlari;
  • Nomzod murojaat qilayotgan tadqiqot mavzusi yoki loyihasini ko‘rsatuvchi ilova xati (Cover letter);
  • Tarjimai hol/CV (Xavfsizlik maqsadida, iltimos, shaxsiy ma’lumotlar yozilmasin (masalan, tug‘ilgan sana, paspport raqami);
  • uchta ilmiy rahbar (refree)ning to‘liq ismi, unvon, pochta manzili, telefon va faks raqamlari va elektron pochta manzili);
  • Tadqiqot taklifi (3 dan 5 betgacha);

Dastur haqida qo‘shimcha savol va takliflar uchun ma’lumot SHU YERDA.

Dastur qoidalari bilan batafsil tanishish uchun ma’lumot SHU YERDA

Eng ko‘p berilgan savollar va uning javoblari bilan tanishish SHU YERDA