Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Universität Hamburg: Germaniyada Gamburg univeristeti tomonidan bakalavriat bosqichi talabalari uchun 720 oylik Yevro stipendiya

11.11.2021 23:56
Universität Hamburg: Germaniyada Gamburg univeristeti tomonidan bakalavriat bosqichi talabalari uchun 720 oylik Yevro  stipendiya

Muddati:

01.12.2021

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www.uni-hamburg.de

Grant turi:

Bakalavriatura

Umimiy Ma’lumotlar:

Germaniyaning eng nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Gamburg univeriteti tomonidan bakalavriat bosqichiga qabul qilingan xalqaro talabalarni moddiyjihatdan qo‘llab quvvatlash maqsadida 6 oy muddatga o‘zining 200-720 yevro miqdorda stipendiya dasturlarini e’lon qildi.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Gamburg univeristeitiga qabul qilingan bo‘lishi;
  • Germaniya fuqorosi bo‘lmasligi;
  • BAföG federal talabalari uchun mumkin emas;
  • o‘qishning yakuniy imtihoniga tayyorlanayotgan yoki qabul qilingan;
  • Hozirda hech qanday moddiy yordam olmayotgan bo‘lishi.

Grantning miqdori:

  • Ushbu stipendiya odatda 6 oy muddat davomida berib boriladi;
  • O‘ratcha 200-720 yevro o‘rtasida bo‘ladi;
  • Ushbu 6 oy davr 12 oygacha maximum o‘zgarishi mumkin;

Onlayn ariza berish jarayoni (batafsil bu yerda):

Onlayn ariza uchun kerakli hujjatlar:

  • CV;
  • Arizaning sababi;
  • Yakuniy imtixongacha bo‘lgan barcha tavsilotlarni jadvali;
  • Yakuniy ish uchun rahbarning tavsiyanomasi yoki bahosi.

Oxirgi muddat : Ushbu grant uchun yilda 2 marotaba qabul bo‘ladi: 1-dekabr hamda 1- iyun;

Bu yerdan barafsil baholash mezonlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin;

Ro‘yxatdan o‘tishda kerak bo‘ladigan qo‘shimcha hujjatlar bilan ham bu yerdan batafsil tanishib chiqing.

Eslatma: Qabul yopilgandan so‘ng 4 hafta ichida sizga xabar beriladi.

Barcha savollar yuzasidan quyidagi manzillarga murojaat etishingiz mumkin:

Tel: +49 40 42838-3311 Email: stipend-internationalstudent@uni-hamburg.de