Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Universitet bilim uchun emas

11.03.2023 00:16
Universitet bilim uchun emas

1. Universitetning asosiy maqsadi bilim berish, kirishdan asosiy maqsad bilim olish yoki ishli bo‘lish degan odam adashadi.

2. Universitetlarning asosiy maqsadi bilim berish emas, Standfordda ham, Cambridge, Harvard, o‘zimizning Westminsterda ham.

3. Bilim hammasi necha yillardan beri kitoblarda, ustozlarda, kurslarda, onlayn leksiyalarda bemalol turibdi. Uni o‘rganish uchun motivatsiya kerak xolos.

4. Universitet ana shu motivatsiyani beradi. O‘zingga o‘xshagan maqsadli bollarni atrofingga yig‘ish, diplom berish, o‘qimasang haydab yuborish xavfi orqali.

5. O‘zingni o‘zing qamchilay olasanmi? Har kuni to‘xtamay o‘rganishga undaydigan nima bor? Nazoratsiz ham rivojlana olasanmi? Sohangdagi eng zo‘r ustozlarni va rivojlanishga tayyor odamlar muhitini topa olasanmi?

6. Javoblar «ha» bo‘lsa oilangga bir necha ming dollar tejab berasan. «Yo‘q» bo‘lsa — kirish uchun yaxshiroq joy tanlashni boshlayver.

Aziz Rahimov