Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Turkiyaning Bilkent universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

21-aprel 13:14
Turkiyaning Bilkent universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Unga bakalavr, magistratura va PhD darajalari uchun nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin. Talabalar o‘qish to‘lovidan ozod etilib, oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.

Foto: bilkent.edu.tr

Turkiyaning Bilkent universiteti 2023−2024 o‘quv yili uchun stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda barcha davlatlardan bakalavr, magistratura va PhD darajalari uchun nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin.

Bilkent universiteti san’at, dizayn va arxitektura, biznes boshqaruvi, iqtisod, ma’muriy va ijtimoiy fanlar, muhandislik, liberal san’at va adabiyot, fan, musiqa va sahna san’ati, amaliy texnologiya va menejment kabi akademik sohalarda stipendiyalar taklif qiladi.

Nomzodlar SAT, GCE, IELTS (6.5) yoki TOEFL (87) kabi hujjatlarni taqdim etishi kerak.

Shuningdek, ular o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, milliy yoki xalqaro imtihon ballari, yo‘nalishi va boshqa tegishli akademik mezonlarga qarab baholanadi.

Nomzodlar natijalariga qarab qisman yoki to‘liq o‘qish to‘lovidan ozod etiladi. Grant 20%dan 100%gacha beshta daraja bo‘yicha ajratiladi.

Yuqori ko‘rsatkich bilan qabul qilingan talabalarga turar-joy uchun ham mablag‘ ajratiladi.

Xususan, oylik stipendiya hamda turar joy uchun ajratiladigan mablag‘ $230 ni tashkil etadi.

Shuningdek, talabalar tibbiy sug‘urta va ovqatlanish xarajatlaridan ham ozod etiladi.

Talabalarga ajratilgan stipendiyalar miqdori ularning o‘quv yilidagi ayrim natijalariga asoslanib o‘zgarishi mumkin.

Masalan, turar joy stipendiyasi bo‘yicha talabalar kamida 2.50 / 4.00 yillik GPAni saqlab qolishlari kerak.

Arizalarni 12-iyulgacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Universitetga qabul qilingan talabalar ariza bilan birga taqdim etilgan barcha hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishlari kerak.