Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Turkiyada joylashgan Kadir Has University tomonidan bakalavriat bosqichida tahsil olish uchun 25%, 50%, 75%, 100% grantlar

13.05.2022 19:40
Turkiyada joylashgan  Kadir Has University tomonidan bakalavriat bosqichida tahsil olish  uchun 25%, 50%, 75%, 100% grantlar

Davlat:

Turkiya

Rasmiy havola:

international.khas.edu.tr

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Umumiy ma’lumotlar:

Turkiyadagi eng nufuzli oliygohlardan biri bo‘lgan Kadir Has univeristetiga qabul boshlandi. Bakalavriat bosqichida tahsil olishni istagan xalqaoro talabalar topshrishlari mumkin. Universitet xalqaro talabalar uchun o‘qish kontrakt to‘lovining 25%, 50%, 75% va 100% to‘lovidan ozod qiladi.

Kadir Has universiteti Turkiyaning markazida, Istanbulda joylashgan. Turkiyada boshlang‘ich va o‘rta ta’lim bepul bo‘lganligi sababli, mamlakat endilikda to‘liq moliyalashtirilgan stipendiyalar asosida yuqori bosqichlarda bepul ta’lim berishga e’tibor qaratmoqda.

Deyarli barcha yo‘nalishlar mavjud:

  • B.Sc. Kompyuter muhandisligi bo‘yicha;
  • B.Sc. Bioinformatika va genetika bo‘yicha;
  • Siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi bakalavr darajasi;
  • B.Sc. Elektr-elektronika muhandisligi bo‘yicha;
  • B.Sc. sanoat muhandisligi bo‘yicha;
  • B.Sc. Axborot texnologiyalari sohasida;
  • B.Sc. Boshqaruv axborot tizimlarida;
  • B.Sc. Energiya tizimlari muhandisligi;
  • Reklama sohasida bakalavr darajasi;
  • B.Sc. Aloqa dizayni bo‘yicha;
  • Yangi media sohasida bakalavr;
  • Jamoatchilik bilan aloqalar va axborot sohasida bakalavr;
  • Radio, televideniya va kino sohasida bakalavr;
  • B.Sc. Arxitekturada;
  • B.Sc. Grafik dizayn bo‘yicha;
  • San’at va dizayn fakulteti;
  • B.Sc. sanoat dizayni bo‘yicha;
  • Amerika madaniyati va adabiyoti bo‘yicha bakalavr;
  • B.Sc. Ichki arxitektura va atrof-muhit dizayni bo‘yicha;
  • Iqtisodiyot bo‘yicha bakalavr;;
  • Biznes boshqaruvi bo‘yicha bakalavr darajasi;
  • Xalqaro savdo va moliya sohasida bakalavr;
  • Xalqaro munosabatlar bo‘yicha bakalavr;
  • B.Sc. Psixologiyada;

Eslatma: Ushbu link orqali hujjat topshirishingiz mumkin;

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • O‘rta maktabni tugatgan yoki o‘rta maktabning so‘nggi yilida tahsil olayotgan xalqaro talabalar uchun;
  • Bundan tashqari, Turkiya yoki Shimoliy Kipr Turk Respublikasi fuqaroligini olgan har qanday boshqa davlat fuqarolari ham huquqqa ega;
  • Chet elda oxirgi uch yillik o‘rta maktabni tamomlagan Turkiya yoki Shimoliy Kipr Turk Respublikasi fuqarolari qatnashishlari mumkin;
  • Maktabdagi baholari a’lo bo‘lishi lozim;

Imtiyozlar:

  • Bakalavriat talabalari stipendiya sifatida 25%, 50%, 75% va 100% oʻqish toʻlovidan ozod qilinadi.
  • Alohida stipendiya arizasi talab qilinmaydi. Munosib talabalar avtomatik ravishda stipendiya uchun ko‘rib chiqiladi;
  • Tanlov talabalarning yutuqlari va ilmiy natijalari asosida amalga oshiriladi;
  • Bundan tashqari, talabalar uchun to‘liq stipendiya imkoniyati ham mavjud;
  • GPA kamida 1.8 bo‘lgan talabalar stipendiyani uzaytirish huquqiga ega bo‘ladilar aks holda stipendiyalarini yo‘qotishlari mumkin;

Kerakli hujjatlar:

  • Pasport nusxasi;
  • CV/rezyume;
  • Ikkita ma’lumotnoma;
  • Qiziqish/maqsad bayonoti;
  • Barcha kurslarning akademik transkriptlari;
  • Turk tilini bilish sertifikati/imtihon natijasi;
  • Ingliz tilini bilish sertifikati/imtihon natijalari;
  • Bakalavr diplomi yoki bitiruv diplomi;
  • Ariza topshirish vaqtida pasport bo‘lmagan taqdirda talaba fuqarolik guvohnomasining nusxasini taqdim etishi mumkin;

Oxirgi muddat belgilanmagan. Shuning uchun ertaroq harakat qilish zarur;

Batafsil ma’lumotlar bilan univeristetning rasmiy sahifasi orqali ma’lumot olishingiz mumkin;

Savolllar yuzasidan quyidagi manzillarga murojaat eting;

CIBALI MAH. KADIR HAS CAD. FATIH / ISTANBUL 34083
+90 212 533 65 32 |
INTERNATIONAL@KHAS.EDU.TR