Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkentdagi universitetlardan birining talabasi pul uchun ayovsiz kaltaklandi

25-aprel 10:31
Toshkentdagi universitetlardan birining talabasi pul uchun ayovsiz kaltaklandi

Kartasidagi pullarni bankomatda naqd qilmoqchi bo‘lgan yigit 10 ga yaqin fuqaro tomonidan kaltaklandi. Ular yigitni uzoqdan kuzatib yurgan va pullarini olib qo‘yish maqsadida ayovsiz kaltaklashgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yigit Toshentdagi oliygohlardan birida tahsil oladi (qaysiligi aytilmagan). U ko‘p qavatli uyda ijarada turgan. Yigitning aytishicha, o‘sha kuni kechki payt uyning egasi kelib, undan pullarni o‘sha zahoti to‘lashini talab qilib, to‘lolmasa ko‘chaga chiqarib yuborishini aytadi. Yigit esa do‘stlaridan qarz oladi. U qarzga tushgan pullarni naqd qilish uchun uyining tagida joylashgan bankomatlardan biriga tushgan. Kartadan pul yechayotgan vaqtida 10 ga yaqin yigitlar yugurib kelib, bolani avval qo‘rqitib, pullarni bermaganidan keyin ayovsiz kaltaklashgan.

"Men pullarni kuchim boricha asrashga harakat qildim. Chunki ular menga judayam zarur edi", deydi jabrlangan yigit. Ko‘chada bo‘lgan odamlar yigitning ahvolini ko‘rib unga yordam ko‘rsatishgan.