Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xitoyda magistartura va doktoranura bosqichlarida tahsil olish uchun to‘liq moliyalashtirilgan ANSO granti

26.03.2022 11:35
Xitoyda magistartura va doktoranura bosqichlarida tahsil olish uchun to‘liq moliyalashtirilgan ANSO granti

Muddati:

31.03.2022

Davlat:

Xitoy

Rasmiy havola:

www.anso.org.cn

Grant turi:

Aspirantura, Magistratura

Umumiy ma’lumotlar:

Xitoy hukumati tomonidan yoshlarni qo‘llab quvvatlash hamda ularni ilmiy jihatdan malakasini osjirish maqsadida nufuzli grant dasturlaridan biri hisoblangan ANSO grant dasturi 2019-yildan beri berib kelinmoqda. Ushbu grant har yili Xitoy Fan va Texnologiya Universiteti (USTC), Xitoy Fanlar Akademiyasi Universiteti (UCAS) yoki Xitoy Fanlar Akademiyasi (CAS) oliygohlarida tahsil olish uchun 200 ta magistratura hamda 300 ta doktorontura bosqichi talabalari uchun taqdim etiladi.

Grantning maanfaatli jihatlari:

  • O‘qish to‘lovlari to‘liq qoplab beriladi;
  • Oylik stipendiya: a) Magistratura bosqichi uchun: oyiga 475$, 36 oygacha; b) PhD: oyiga $1000 yoki $1200 (USTC/UCAS tomonidan tashkil etilgan malaka imtihonidan oʻtganligiga qarab), 48 oygacha;
  • Tibbiy sug‘urtasi;
  • Ariza to‘lovlari ham qoplab beriladi;
  • Oʻz mamlakatidan Xitoyga borish kelish xarajatlari qoplanadi;

Eslatma: Universitetlarda tahsil olish jarayonida agarda grant sohibining o‘zlashtish ko‘rsatkichlari tushib ketadigan bo‘lsa:

• Stipendiyaning tugatilishi;
• Magistratura/doktoronturada o‘qishni to‘xtatilishi kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin;
Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:
• Xitoy fuqaroligiga ega bo‘lmaslik;
• Ingliz yoki xitoy tillarini yaxshi bilish;
• Magistraturaga abituriyentlar uchun: 1992-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilganlar;
• PhD dasturiga da’vogarlar uchun: 1987 yil 1 yanvardan keyin tug‘ilganlar;
• USTC/UCAS xalqaro talabalari uchun qabul mezonlariga javob berish;
• Stipendiya muddati davomida boshqa topshiriqlarni bajarmaslik.
Ariza topshrish jarayoni:
ANSO stipendiyasi 2021-yil 1-noyabrdan ariza topshirsangiz bo‘ladi (aniq sanalar USTC va UCAS uchun biroz farq qilishi mumkin, batafsil ma’lumot uchun ularning veb-saytlarini tekshiring).
Har ar bitta universitetga alohida hujjat topshirilishini inobatga olgan holda talablar ham univeristetga qarab farqlanadi:
USTC oliygohida tahsil olishni istagan nomzodlar dastlab ushbu yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing (bu erda)
UCAS oliygohida tahsil olishni istagan xalqaro talabalar uchun 2022-yilgi doktorlik dasturlari va 2022-yilgi magistrlik dasturlari uchun yo‘riqnoma bilan bu yerdan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin (bu yerda)
Batafsil ma’lumotlar bilan ko‘rsatilgan quyidagi manzillardan to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin: