Sydney Scholars Awards: Avstraliyada bakalavriat bosqichida tahsil olish uchun grant yutib olish imkoniyati. Grant miqdori - $6000

08.05.2022 13:42
Sydney Scholars Awards: Avstraliyada bakalavriat bosqichida tahsil olish uchun grant yutib olish imkoniyati. Grant miqdori - $6000

Muddati:

30.09.2022

Davlat:

Avstraliya

Rasmiy havola:

www.sydney.edu.au

Grant turi:

Bakalavriatura

Hozirgi kunda Registon o'quv markazida 350 ortiq professional mutaxasis repetitorlar faoliyat yuritishmoqda.
– Registon o‘quv markazi

Umumiy ma’lumotlar:

Avstraliyadagi eng yaxshi universitetlardan biri hisoblanga Sydeny Universiteti tomonidan irqi, dini hamda ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha bakalavriat bosqichida tahsil olishni istagan yoshlar uchun "Sydney Scholars Awards" grant dasturini e’lon qildi.

Sidney olimlari mukofoti uchun muvofiqlik mezonlari:

  • Istagan davlat fuqorolari topshrishlari mumkin;
  • Chet ellik talabalar 12 yillik ta’limda tahsil olgan bo‘lishlari yoki shunga tenglashtirilgan o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan bo‘lishi kerak;
  • ATAR 95 dan 99.85 gacha yoki unga tenglashtirilgan talabalar ariza topshirishlari mumkin .
  • Nomzodlar UAC orqali ariza topshirishlari kerak.
  • Ular yaxshi akademik ko‘rsatkichga ga ega bo‘lishi kerak.
  • Agarda siz ushbu grantga munosib ekanligingizni yaxshi isbolatlab bera olsangiz yana bir yil ushbu grantni saqlab qolishingiz mumkin.

Maanfaatli jihatlari:

  • Talabalar yiliga 6000 AQSH dollar miqdorida stipendiya olishadi;
  • Har bir semestrdan so‘ng stipendiya bo‘lib-bo‘lib beriladi;
  • Talabalar stipendiyaga ikki yilgacha amal qilishlari mumkin;
  • Grant bakalavriatning boshqa har qanday kursiga o‘tkazilishi mumkin;
  • Avstraliyadagi eng yaxshi universitetda o‘qish imkoniyati;
  • Kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarni rivojlantirish;

Ariza berish jarayoni:

  • Talabalar Sidney universitetining rasmiy veb-sayti orqali ariza topshirishlari mumkin.
  • Millatingizni tanlang;
  • Qiziqish sohangizni eslatib o‘ting;
  • Ariza shakli bilan birga kerakli hujjatlarni topshiring;

Muhim: Hujjat topshirishdan oldin ushbu PDF formatdagi rasmiy ko‘rsatmalar bilan tanshiib chiqing. Hamda onlayn shaklini11.04.2022 dan 30.09.2022ga qadar to‘ldirishing so‘raladi.

Batafsil bu yerda!