Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Summer University 2022: Qozog‘istonda to‘liq moliyalashtiriluvchi 12 kunlik Xalqaro yozgi universitetda qatnashish imkoniyati

4.05.2022 08:28
Summer University 2022: Qozog‘istonda to‘liq moliyalashtiriluvchi 12 kunlik Xalqaro yozgi universitetda  qatnashish imkoniyati

Muddati:

15.05.2022

Davlat:

Qozog‘iston

Rasmiy havola:

dku.kz

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Umumiy Ma’lumotlar:

Olmaotadagi DKU qoshidagi XVIII Xalqaro yozgi universiteti: Qozog‘iston-Germaniya universiteti ( DKU) Germaniya akademik almashinuv fondi ( DAAD) bilan hamkorlikda Germaniya va Markaziy Osiyodan kelgan talabalarni 2022-yilda XVIII Xalqaro yozgi universitetda ishtirok etishga taklif qiladi!

Yozgi universitetning maqsadi, bir tomondan, mustaqillikka erishgandan keyin ijtimoiy harakatlarning rivojlanishini baholash, ikkinchi tomondan, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazdagi ijtimoiy faollikni tushuntiruvchi nazariy yondashuvlarni tanqidiy ko‘rib chiqishdir.

Yozgi universitet 2022 Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz boʻyicha 2 ta asosiy modulni taklif etadi. Markaziy Osiyo bo‘yicha kurs siyosatshunoslik va sotsiologiya bilan bog‘liq bo‘lsa , Janubiy Kavkaz kursi ko‘proq antropologikdir.Talabalar faqat bitta modul uchun ariza topshirishlari kerak. Har bir modul 10−15 nafar talabalar guruhidan iborat bo‘ladi. Shuningdek, tajribali o‘qituvchi tomonidan ingliz tilida dars o‘tiladi. Kurs ishi guruh ishi , seminarlar , taqdimotlardan iborat.

Kurs

Mavzu

1. Central Asia

Markaziy Osiyoda fuqarolik faolligi

(siyosatshunoslik va sotsiologiya)

2. Janubiy Kavkaz

Janubiy Kavkazda fuqarolik faolligi (antropologiya)

Eslatma: Shuningdek, Yozgi universitet Markaziy Osiyo mintaqasi , Qozog‘iston va Olmaota shahri haqida taassurot qoldirish niyatida bo‘lganligi sabali, ushbu dastur o‘z ichiga ko‘rgazmalarga sayohatlar va tog‘larga sayohatlar , diqqatga sazovor joylar bilan tanishb chiqish , interaktiv va gid bilan tashriflar kabi turli tadbirlarni ham oladi. Xarajatlarning katta qismi o‘quv to‘lovi tomonidan qoplanadi.

Muhim: Nomzodlar hozirda bakalavriat yoki magistratura bosqichida siyosatshunoslik va sotsiologiya yo‘nalishlarida yoki shunga yaqin yo‘nalishlarda tahsil olayotgan bo‘lishlari yoki ushbu sohalarga kuchli qiziqishlarini ko‘rsatib bera olgan talabalar topshirishlari mumkin.

Manfaatli jihatlari

Grant yutib olgan nomzodlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi:

Markaziy Osiyodan ishtirokchilar:

Markaziy Osiyo davlatlaridan ( Almati tashqari) talabalar va yosh akademiklar DKUga toʻgʻridan-toʻgʻri ariza topshirishlari mumkin.DKU Markaziy Osiyo bo‘ylab borib kelish xarajatlari, umumiy xonalarda turar joy (shu jumladan nonushta) va o‘quv to‘lovlarini qoplash uchun stipendiyalar beriladi. Konferensiya kunlarida ovqatlanish ham taqdim etiladi.

Eslatma: Kechki ovqatlar hisobga olinmaydi (kechki ovqat xarajatlarini nomzod o‘zi qoplashi kerak).

Izoh: Aslini olganda ushbu 12 kunlik dasturning umumiy narxi Germaniyalik talabalar uchun o‘qish to‘lovi 650 evro. Markaziy Osiyodan kelgan talabalar uchun 35 000 tenge (o‘rtacha $80) ni tashkil etadi. Yozgi universitetning birinchi kunida to‘lanishi kerak. Ushbu miqdordagi pulni to‘lagan holda grant yutmasdan ham qatnashishingiz mumkin.

Ariza hujjatlari:

  • Motivatsiya xat ( maksimal 300 so‘z);

  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishini tasdiqlovchi hujjat ( agar mavjud bo‘lsa IELTS\TOEFL sertifikatlarini qo‘shib yuklang);

  • Agar mavjud bo‘lsa , universitet yoki amaliy fanlar universitetiga kirishni tasdiqlovchi hujjat;

  • Anketa shakli ( bu yerdan yuklab oling ).

Ta’lim tili : Ingliz tili

Sertifikat: Yozgi maktabni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng ishtirokchilar kurs mavzusi va olingan 3 AKTS soni ko‘rsatilgan sertifikat oladilar.

Muddati: Ariza hujjatlarini 15-maygacha int_office@dku.kz manziliga yuboring.