Summer School Programme 2022: Qirg‘izistonda OSCE akademiyasi tomonidan bakalavriat 3-4 bosqichi talabalari uchun 1 oylik to‘liq moliyalashtiriluvchi yozgi dastur; 360 yevro stipendiya ham beriladi

12.05.2022 10:31
Summer School Programme 2022: Qirg‘izistonda OSCE akademiyasi tomonidan bakalavriat 3-4 bosqichi talabalari uchun 1 oylik to‘liq moliyalashtiriluvchi  yozgi dastur; 360 yevro stipendiya  ham beriladi

Muddati:

12.06.2022

Davlat:

Qirg‘iziston

Rasmiy havola:

osce-academy.net

Grant turi:

Bakalavriatura

Hozirda Registon o'quv markazi filiallarida 15 minga yaqin yoshlar professional ta'lim olishmoqda
– Registon o‘quv markazi

Umumiy malumotlar:

OSCE akademiyasi Bishkekdagi jamoat fondi bo‘lib , 2002 - yilda Qirg‘iziston hukumati va Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan tashkil etilgan. Shuningdek hozirda ushbu OSCE akademiyasi tomonidan Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, Tojikiston, Turkmaniston hamda O‘zbekiston davlatlaridan bo‘lgan hozirda bakalavriat bosqichini bitiruvchi kurslarida tahsil olayotgan ilg‘or, yetakchi yoshlar uchun to‘liq moliyalashtirilgan Bishkek/Issiq-Ko‘l, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan 1 oylik yozgi maktab (01-26.2022 avgust oralig‘ida bo‘lib o‘tadi ) dasturini e’lon qildi.

Xususan, ushbu Yozgi maktab ishtirokchilarni quyidagi 2 toifa kurslari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan:

  • Iqtisodchilar uchun matematika kursi(Mathematics for Economists);
  • Ijtimoiy sohada tadqiqod metodlari (Research Methods in Social Sciences);

Talablar:

Nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik yoki tegishli sohalar boʻyicha bakalavriat 3-4 kurs talabalari;
• Ingliz tilini yuqori darajada bilish;
• Markaziy Osiyoning kengroq mintaqasiga e’tibor qaratgan holda rivojlanish va xalqaro munosabatlar masalalariga qiziqish;
• Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston fuqarolari;

Moliyaviy yordam/stipendiya:

• To‘rt hafta uchun 360 yevro miqdorida stipendiya;
• Viza va ro‘yxatdan o‘tishni qo‘llab-quvvatlash;
• Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘ylab Bishkekka borib-kelish xarajatlari ham to‘liq qoplanadi;

Eslatma: Akademiya tibbiy sug‘urta va oila a’zolarining xarajatlarini qoplamaydi. Akademiya Bishkekga borish va shaharda uy-joy topish bilan bog‘liq barcha masalalarda yordam beradi.

Ariza topshirish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting;

MUHIM: Faqat muvaffaqiyatli tanlangan nomzodlar keyingi tanlov jarayonlari haqida xabardor qilinadi.Oxirgi muddat 12.06.2022, Bishkek vaqti bilan 18:00;

Savollaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga murojaat etishingiz mumkin;
Siyosat va xavfsizlik dasturi bo‘yicha magistr: MA-PS@osce-academy.net
Iqtisodiy boshqaruv va taraqqiyot dasturi bo‘yicha magistr: MA-EGD@osce-academy.net