Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Buyuk Britaniyaning nufuzli Kembrij universitetida o‘qish uchun grantlar

12.10.2021 11:50
Buyuk Britaniyaning nufuzli Kembrij universitetida o‘qish uchun grantlar

Muddati:

02.12.2021

Rasmiy havola:

www.cambridgetrust.org

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Cambridge Trust har yili Kembrij universitetining bakalavriat, magistratura yoki doktoranturadan biriga hujjat topshirgan xalqaro talabalarga stipendiya taklif qiladi.

Bakalavr talabalari Kembrij universitetida o‘qish uchun qisman to‘lanadigan stipendiya olishlari mumkin. Grant berishning asosiy mezoni - bu akademik ko‘rsatkichlar va moliyaviy ehtiyoj. Grant olish uchun raqobat juda katta! Faqat bakalavriat dasturlaridan biriga o‘qishga kirgan va moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan talabalargina stipendiya olish uchun ariza topshirishlari mumkin. Talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri fondga murojaat qila olmaydilar, faqat qabul qilingan talabalar ushbu stipendiya uchun ariza berishlari mumkin.

Grantlarning 85%i xalqaro magistrant va doktorantura talabalariga beriladi. Grantning maqsadi, millatidan qat’i nazar, 250 nafar chet ellik talabalarga fan doktori ilmiy darajasini olish uchun tadqiqot olib borishlarini to‘liq ta’minlashdir. Talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri fondga stipendiya olish uchun ariza bermaydilar, stipendiya olish uchun ariza universitetga kirish uchun ariza bilan bir vaqtda topshiriladi.

Imtiyozlar:

  • Ushbu stipendiya o‘qish kontrakt to‘lovini 100% gacha qoplab beradi.

Talablar:

  • Istalgan davlat talabalari stipendiya olish uchun ariza berishlari mumkin;
  • Kembrij universitetining kirish talablariga javob berishi va qabul qilingan bo‘lishi kerak;
  • Akademik jihatdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lishi lozim;
  • Bakalavr bosqichi talabalari 15-oktyabrga qadar ariza topshirgan bo‘lishi kerak;
  • Magistratura talabalari esa 2-dekbargacha ariza topshira oladilar.

Dastur talablari haqida batafsil shu yerdan bilib olishingiz mumkin.

Bakalavr bosqichidagilar shu yerdan ariza topshirishi mumkin.

Magistratura va PhD bosqichidagilar shu yerdan ariza topshira oladi.