Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Janubiy Korea: Loewe foundation - hunarmandlar uchun £5000 yutib olish imkoniyati

24.08.2021 21:11
Janubiy Korea: Loewe foundation - hunarmandlar uchun £5000 yutib olish imkoniyati

Muddati:

25.10.2021

Davlat:

Janubiy Koreya

Rasmiy havola:

craftprize.loewe.com

Grant turi:

Tanlovlar

Loewe foundation qobiliyatli va innovatsion hunarmandlar uchun ushbu tanlovning 15-mavsumini e’lon qiladi. Tanlovda qatnashib 5000 yevro va 2022-yil bahorda Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkaziladigan ko‘rgazmada o‘z ishlari bilan qatnasha olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Talablar:

  • Nomzodlar 18 yoshdan yuqori bo‘lishi va hunarmandchilik bilan professional tarzda shug‘ullangan bo‘lishi;
  • Barcha ishlar texnik mahoratdan tashqari badiiy maqsadni ifodalay olishi; original , qo‘lda/qisman yaratilgan innovatsion bo‘lishi;
  • Ishlar so‘nggi 5 yilda ishlangan bo‘lishi va avval hech qanday ko‘rgazmada g‘olib deb topilmagan bo‘lishi;
  • Ishlanmalar kulolchilik, kitob bog‘lash, emal, zargarlik buyumlari, lok, metallsozlik, ko‘nchilik, to‘qimachilik, shishasozlik, duradgorlik yoki boshqa amaliy san’atga oid bo‘lishi;
  • Ishlanmaning 2 tadan 5 tagacha rasmi yoki ixtiyoriy ravishda videosi;
  • Ishlanma haqida qisqacha ma’lumot (200 so‘zdan oshmaganbo‘lishi lozim);

Tanlovga yakka yoki guruh bo‘lib ishtirok etish mumkin.Batafsil ma’lumot SHU YERDA.

Tanlovda qatnashish uchun kerakli hujjat va ma’lumotlat:

  • Ishtirokchining/guruhning ismi, mamlakati, tug‘ilgan joyi va sanasi, telefon raqami,e-mail va pochta manzili;
  • Ishtirokchining qisqacha tarjimayi holi;
  • Ishtirokchining 5 eng yaxshi ishlangan jamlangan portfoliosi;
  • Topshirilgan ishlanmaning hajmi(mm,sm,m), qanday xom-ashyodan tayyorlangani, og‘irligi, qaysi kategoriyaga kirishi va taxminiy qiymati(yevroda, sug‘urtalash maqsadida);
  • Pasport nusxasi;
  • Ishlanma haqida qisqacha ma’lumot (200 so‘zdan oshmagan bo‘lishi lozim);
  • Ishlarning 2 tadan 5 tagacha rasmi. Rasmlar jpg yoki png formatida, 800x600 piksel, 2MG hajmda bo‘lishi kerak;
  • Ishlanmaning har xil ko‘rinishda olingan 1 daqiqalik videosi (ixtiyoriy).

Tanlov uchun barcha ma’lumot va hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi lozim. Tanlov natijalari 2022-yil bahorida e’lon qilinadi.
Tanlov haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA.

Ko‘p so‘ralgan savollarga javoblar haqida bilmoqchi bo‘lsangiz BATAFSIL