Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

3-kurs sirtqida o‘qiyotgan talaba ishlashi mumkinmi?

5.01.2023 13:00
3-kurs sirtqida o‘qiyotgan talaba ishlashi mumkinmi?

Assalomu aleykum savolim shunday: 3 kurs sirtdan o‘qiyotgan psixologiya fakultet talabasi maktabda Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlashi mumkinmi? Umuman olganda sirtdan o‘qiyotgan 1-2-3 kurs talaba maktabda kadrlar bo‘yicha menejer, labarant kabi lavozimlarda ishlasa bo‘ladimi, javob uchun oldindan rahmat!

Xalq taʼlimi vazirining 2019 yil «7» dekabrdagi 393-sonli buyrugʻi ilovasidan koʻchirma "XALQ TAʼLIMI XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI"ga binoan xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari boʻlish uchun bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot talab etiladi.

❌ Shunday ekan Bu lavozimda ishlay olmaysiz. Ammo kadrlar boʻyicha menejer yoki laborant lavozimlarida ishlashingiz mumkin. Chunki bu lavozimlarga oliy maʼlumot talab etilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ILOVA "Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida"gi NIZOMning 8-bandiga muvofiq Oliy taʼlim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakllarining pedagogika yoʻnalishlarida oʻqiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab oʻqishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumtaʼlim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Yurist xizmati