Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kanadaning Simon Fraser University oliygohida o‘qish uchun $120,000 miqdorda stipendiya

8.11.2021 20:52
Kanadaning Simon Fraser University oliygohida o‘qish uchun $120,000 miqdorda stipendiya

Muddati:

15.12.2021

Davlat:

Kanada

Rasmiy havola:

www.sfu.ca

Grant turi:

Bakalavriatura

Kanadaning mashhur Saymon Freyzer universiteti o‘qitishda ham, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham yuqori muvaffaqiyat va yaxshi natijalar ko‘rsatgan talabalarga stipendiyalar taklif qiladi. Ushbu stipendiya kuzgi semestr uchun har qanday bakalavriat dasturiga kirgan kanadalik va xalqaro talabalar uchun mo‘ljallangan.

Grant miqdori 120 000 dollarni tashkil qiladi. Bu miqdor o‘qish, majburiy universitet to‘lovlari va Kanadada yashash uchun to‘lash uchun yetarli. Stipendiya miqdori grant turiga qarab farq qiladi, batafsil shu yerda berilgan.

O‘qish to‘lovlari haqida batafsil shu yerdan ma’lumot olishingiz mumkin.

Talablar:

  • Dasturda istalgan davlat fuqarolari ishtirok etishi mumkin;
  • Grant uchun avval ushbu universitetning bakalavr bosqichiga qabul qilingan bo‘lishi kerak;
  • Qabul qilingandan so‘ng nomzodlar kamida ushbu kurslardan 90% natija ko‘rsatishi yoki 31 IB ball to‘plashlari lozim;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Eslatma! Grantga ariza berishdan oldin siz universitetga ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.

Grantga arizalar 2021-yil 15-dekabrgacha, tegishli hujjatlar 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot rasmiy veb-saytda.

Ko‘p so‘ralgan savollarga shu yerda javob olishingiz mumkin.

Email: fiassist@sfu.ca