Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Germaniya: Magistratura dasturlarida o‘qish uchun Aachen universiteti tomonidan 50% gacha moliyalashtirilgan grant dasturi

26.10.2021 23:32
Germaniya: Magistratura dasturlarida o‘qish uchun Aachen universiteti tomonidan 50% gacha moliyalashtirilgan grant dasturi

Davlat:

Germaniya

Grant turi:

Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida qisqacha:

RWTH Aachen universiteti - Germaniyaning Aachen shahrida joylashgan eng yaxshi davlat universitetlaridan biridir. QS Global World Rankings e’lon qilgan xalqaro universitetlar reytingida #145-o‘rinni egallaydi.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan the High Potential Students Grant nomli grant dasturi yuqori ko‘rsatkichli xalqaro talabalarni moliyaviy rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi. Grant Germaniyaning Aachen universitetida magistratura dasturlaridan birida ta’lim olishni istagan yuqori ko‘rsatkichli talabalarga beriladi. Ta’kidlash joizki, akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan barcha xalqaro talabalar ushbu grantdan foydalanish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Grant uchun kimlar ariza bera oladilar?

  • Barcha davlat xalqaro talabalari grant uchun ariza bera oladilar.

Grantning manfaatli tomonlari:

  • Grant dasturi o‘quv to‘lovining 50% gacha qismini qoplab berishi mumkin;

Talablar:

Grant dasturiga ariza bera olish uchun nomzodlar quyidagi magistratura dasturlaridan biriga qabul qilinishlari kerak:

  • MSc. Computer-Aided Conception and Production in Mechanical Engineering;
  • MSc. Management and Engineering in Computer-Aided Mechanical Engineering;
  • MSc. Management and Engineering in Structural Engineering and Risk Management of Industrial Facilities;
  • MSc. Management and Engineering in Production Systems;
  • MSc. Networked Production Engineering;
  • MSc. Robotic Systems Engineering;
  • MSc. Textile Engineering.

Eslatma: Nomzodlar ushbu grant uchun ariza berish vaqtida boshqa hech qanday grant dasturlaridan moliyaviy ko‘mak olmasligi va Germaniyada boshqa hech qanday dasturlarda o‘qimasligi kerak.

Hujjat topshirish jarayoni:

Nomzodlar dastlab yuqorida ko‘rsatilgan magistratura dasturlaridan biriga bu yerdan ariza topshirishlari kerak. Shundan so‘ng, grant dasturi uchun bu yerdan alohida onlayn ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. RWTH online ariza portali orqali magistratura dasturi uchun to‘dirilgan ariza;
  2. Yuqori baholar bilan qo‘lga kiritilgan bakalavr diplomi;
  3. Nomzod o‘z yo‘nalishida eng yaxshi 10% bakalavriat egalari qatoriga kirishini tasdiqlovchi sertifikat yoki uning o‘rniga 1,7 yoki undan yuqori ballik GPA ko‘rsatkichi (Germaniya baholash tizimiga o‘tkazilgan holatda);
  4. Motivatsiya xati (500 so‘z).

Til ko‘rsatkichi:

Nomzodlar quyidagi ingliz tilini darajasidagi sertifikatlardan birini taqdim etishlari kerak kerak:

  • TOEFL PBT – 550
  • TOEFL IBT – 90
  • IELTS – 5.5
  • DSH Certificate – Stage 2
  • Cambridge Certificate in Advanced English (CAE) – Pass
  • German Language Diploma – Present
  • TestDaF – Level 4
  • First Certificate in English – Grade B

Batafsil rasmiy saytda