Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

“Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bog‘liq!” mavzusida publisistik maqolalar tanlovi. Mukofot: zamonaviy kompyuter

29.09.2021 14:40
“Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bog‘liq!” mavzusida publisistik maqolalar tanlovi. Mukofot: zamonaviy kompyuter

Muddati:

10.09.2021

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

telegra.ph

Grant turi:

Tanlovlar

Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bog‘liq!” mavzusida publisistik maqolalar tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Maqolalar 28-sentabrdan 10-oktabrgacha elektron ko‘rinishda quyidagi @maqolalar_tanlovibot telegram bot manzili orqali qabul qilinadi.

Mukofotlar: Tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

  • 1-o‘rin uchun diplom va zamonaviy notebook;
  • 2-o‘rin uchun diplom va zamonaviy smartfon;
  • 3-o‘rin uchun diplom va kitoblar jamlanmasi taqdim etiladi.

Tanlovning maqsad va vazifalari:

Tanlovning maqsadi – yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hamda huquqiy bilimlarini oshirish va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish.

Tanlovning vazifalari – mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlarda yoshlarning faol ishtirokini oshirish, ularning mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatga, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarashga va chuqur bilimga ega bo‘lgan, o‘zining butun kuchi, bilimi va salohiyatini xalq manfaatlari yo‘lida sarflashga, mamlakat kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan tashabbuskor, g‘ayratli yoshlar safini kengaytirish.

Eslatma:

- Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar qatnasha oladi;

- Ro‘yxatdan o‘tishda xatolikka yo‘l qo‘ymang;

- Ro‘yxatdan o‘tishda faqat lotin alifbosidan foydalanib, barcha savollarga to‘liq va to‘g‘ri javob yozing;

- Maqolalarda bugungi kunda yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki va saylovning yoshlar hayotidagi o‘rni aks ettirilishi lozim.

Tanlov g‘oliblari Ekspertlar guruhi tomonidan 20 ballik tizimda, quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:

  • Maqolada orfografik va grammatik xatolarning mavjudligi – 5 ball;
  • Maqolaning uslubiy jihatdan to‘g‘riligi – 5 ball;
  • Maqolada belgilangan mavzu va g‘oyaning to‘liq ochib berilganligi – 5 ball;
  • Maqolaning ta’sirchanligi va originalligi – 5 ball.

Taqdim etiladigan maqolalar g‘oyasi huquqiy-normativ hujjatlarga zid bo‘lmasligi lozim.

Tanlov shartlari haqida batafsil shu yerdan bilib olishingiz mumkin.