Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Registon stipendiyasi natijalari e’lon qilindi

1.04.2022 16:15
Registon stipendiyasi natijalari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi, Oliy ta’lim vazirligi va OLIYGOH.UZ platformasi hamkorligida talabalar uchun "REGISTON STIPENDIYASI" tanlovi e’lon qilingan edi. Tanlovda ishtirok etgan nomzodlar 2 oy davomida 3 bosqichdan iborat bo‘lgan imtihon tizimida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi

Stipendiya tanlovining 1-bosqichi 20-fevral kuni Respublikamizning turli hududlaridan o‘n minglab iqtidorli talabalar ishtirok etib, eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2211 nafar nomzodlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan edi. (Natijalarni ko‘rish) Birinchi bosqichda ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali tanlovning maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin (Sertifikatlarni yuklab olish).

27-fevral kuni tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tgan nomzodlar orasida 2-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tdi hamda ushbu bosqichda eng yuqori natija ko‘rsatgan 581 nafar ishtirokchilar final yo‘llanmasini qo‘lgan kiritishdi. (Natijalarni ko‘rish)

Tanlov yo‘riqnomasi va nizomiga ko‘ra, 3-bosqich (final) bosqichi eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchinchi bosqich Hujjatlar topshirish bosqichi bo‘lib, stipendiya tanlovida ishtirok etayotgan nomzodlar tanlov nizomida ko‘rsatilgan hujjatlarni belgilangan tartibda platformaning maxsus imtihonlar oynasi orqali taqdim etdilar. Tanlovning maxsus komissiyasi ushbu hujjatlarni 2 ish haftasi davomida tekshiruvdan o‘tkazishdi.

Komissiya tarkibi:

Rais:

Komissiya a’zolari:

  • 10 kishidan tarkib topgan xalqaro darajadagi Registon o‘quv markazining professional ustozlari;
  • Isaxonov Ja’farxon OLIYGOH.UZ platformasi asoschilaridan biri, Navoiy Davlat stipendiyasi sovrindori, Respublika ilmiy tadqiqotlar stipendianti, ko‘plab davlat va xalqaro grantlar finalisti;
  • Tolibjonov Botirjon — Registon ta’lim loyihasi "HR bo‘limi" direktori, ijtimoiy loyihalar koordinatori;
  • Hamidjonov Shavkat OLIYGOH.UZ platformasi asoschilaridan biri, xalqaro CDAC, ACTS grantlari sovrindori, ko‘plab xalqaro darajada startuplar asoschisi.

Tanlov komissiyasi tomonidan xalqaro toifadagi stipendiya loyihalarini o‘rgangan holda nomzodlarni natijalari quyidagi talablar asosida 90 ballik baholash tizimida baholandi:

  • O‘qish joyidan talabaga berilgan Registon stipendiyasi uchun dekanat yoki kafedraning tavsiyanomasi. Tavsiyanomada universitetning rasmiy vakili talaba haqida bergan ma’lumotlari;
  • Motivatsion xat (Nima uchun o‘zlarini "Registon stipendiyasi" tanlovida g‘oliblikga loyiq deb bilishlari hamda oldilariga qo‘ygan maqsadlari to‘g‘risida yozilgan maxsus motivatsion xat. Xatni o‘zbek, rus va ingliz tillarining istalgan birida qabul qilib olindi) Xatda nomzodarning mustaqil fikrga egaligi, imloviy xatolari, yozilgan fikrlarning izchilligi va ravonligi shuningdek xulosaning o‘ziga xosligi alohida e’tibor bilan tekshirildi.
  • Talabaning 2021-2022 o‘quv yillarida turli ranlov va loyihalarda erishgan yutuqlari, sertifikatlari diplomlari mutaxassilar tomonidan tekshirildi.
  • Talabaning 2021-2022 o‘quv yillarida ijtimoiy faolligi shuningdek nashr ettirilgan ilmiy ishlar, patent, ixtirolari o‘rganib chiqildi
  • Talaba nafaqat ilmiy ish yoki yutuqlar, balkim xalqaro darajada olgan imtihon sertifikatlari ham o‘rganildi;
  • Shuningdek talabalar jo‘natgan hujjatlar aslida to‘g‘riligi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat, o‘qish joyidan ma’lumotnoma (my.gov.uz orqali tasdiqlangan yoki dekanatdan tasdiqlangan ma’lumotnoma), CV (ma’lumotnoma)lari ham o‘rganib chiqildi va komissiya a’zolari natijalarni umumlashtirilgan holda quyidagi nomzodlarni “Registon stipendiyasi" sovrindori deb e’lon qiladi:

IshtirokchiBallShoyunusov SarvarToshkent pediatriya tibbiyot instituti178Nematjon RajabovBuxoro tibbiyot instituti167.25Gulomjon YuldoshevUrganch davlat universiteti165Indira NabiyevaNamangan davlat universiteti164.5Jaloliddin MakhmudovNamangan muhandislik-qurilish instituti163.75Iroda YodgorovaO‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti163.5Faxriyev JahongirToshkent pediatriya tibbiyot instituti163.25To‘rayev JahongirO‘zbekiston milliy universiteti162.75Farida BaxtiyorovaJahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti162Aziza DjunaidovaBuxoro tibbiyot instituti162Cho‘liyev Javohir Nurillo o‘g‘liToshkent davlat iqtisodiyot universiteti161.75Aziza TojiboyevaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti161HojiyevaO‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti160MarjonaToshkent pediatriya tibbiyot instituti160Feruza FayziyevaToshkent tibbiyot akademiyasi159.5Munisa RayimovaToshkent davlat yuridik universiteti159.5Boboyeva Bahora O‘tkir qiziO‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti158.75Mohiyaxon UzoqovaToshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti158Tohirova ZarifaSamarqand iqtisodiyot va servis instituti157.75Mirzaqandova SohibjamolNavoiy davlat pedagogika instituti157.5Shohruh NishonqulovQoʼqon universiteti157.5BexruzAndijon tibbiyot instituti157.5Shohrux MahmudovO‘zbekiston milliy universiteti157.25Sitorabonu Hamroxo‘jayevaToshkent moliya instituti157.25Zarnigor AlijonovaToshkent moliya instituti157Ibrat UsmonovToshkent davlat iqtisodiyot universiteti157Eraliyeva Ozoda Muhammadali qiziO‘zbekiston milliy universiteti157Olimjon ZafarovToshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti156.75Jaloliddin YigitaliyevNamangan muhandislik-qurilish instituti156.5Saera BarlikbaevaNukus davlat pedagogika instituti156

(Final natijalarini ko‘rish)

Stipendiya g‘oliblarini rag‘batlantirish

Stipendiya tanlovining mutlaq g‘oliblari “REGISTON” o‘quv markazining maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan zalida “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar, pul yutuqlari bilan tantanali ravishda taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi bo‘yicha tanlov tashkilotchilari tomonidan g‘oliblarga maxsus sms-xabarnoma yuboriladi.

“REGISTON” o‘quv markazi va OLIYGOH.UZ jamoasi tanlovning barcha g‘oliblarini tabriklaydi!

Eslatma: Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar 2-aprel soat 16:00 ga qadar apellyatsiya arizasi yozishlari mumkin. Arizani OLIYGOH.UZ platformasida ochilgan "Shaxsiy kabinet"ning Onlayn murojaat bo‘limi orqali yuborishlari mumkin. Uch ish kunida arizaga rasmiy javob qaytariladi. Apellyatsiya quyidagi namuda bo‘lishi shart: Apellyatsiya.pdf

✅ Ma’lumot uchun:

1. Stipendiya tanloviga respublika bo‘ylab turli hududlardan 80 mingdan ziyod talabalar ro‘yxatdan o‘tdi;2. Tanlovning 1-bosqichida 24 ming talaba ishtirok etdi;3. Tanlovning ikkinchi bosqichiga 2211 nafar nomzod yo‘llanma oldi;4. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 581 nafar nomzod final bosqichiga yo‘llanma oldi