Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Registon stipendiyasi: 2-bosqichda kimlar ishtirok etadi?

22.02.2022 18:02
Registon stipendiyasi: 2-bosqichda kimlar ishtirok etadi?

Xabaringiz bor, Registon ta’lim loyihasi Respublika miqyosida talabalar uchun "REGISTON STIPENDIYASI" tanlovini e’lon qilgan edi.

20-fevral kuni ushbu tanlovning 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Stipendiya tanlovining 1-bosqichida Respublikamizning turli hududlaridan o‘n minglab iqtidorli talabalar ishtirok etdi hamda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2211 nafar (31 va undan ko‘p to‘g‘ri ishlagan) nomzodlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. (Natijalarni ko‘rish)

Ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali o‘zlarining natijalarini ko‘rishlari hamda tanlovning maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin (Sertifikatlarni yuklab olish).

Tanlovning 2-bosqichida kimlar ishtirok etadi?

Tanlov yo‘riqnomasi va nizomiga ko‘ra, ikkinchi bosqichga 1-bosqichdan saralangan 2211 nafar ishtirokchi o‘tdi va tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ikkinchi bosqich qanday shaklda bo‘lib o‘tadi?

Ikkinchi bosqich (Test-imtihon shaklida) Stipendiya tanlovida 2-bosqichga o‘tgan nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida test shaklida onlayn shaklda imtihon topshiradilar va eng yuqori ko‘rsatgichga ega nomzodlar final bosqichiga yo‘llanma oladilar.

Imtihon turi: IQ (mantiqiy tahlil) ga oid 40 ta test savollari. Har bir test savoliga to‘g‘ri javob 1.5 balldan baholanadi.

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovning 2-bosqichi 27-fevral kuni soat 19:00 da boshlanadi va 22:00 da hamma uchun imtihon oynasi yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tgan barcha nomzodlar 40 daqiqa davomida imtihonda ishtirok etishlari mumkin. 2-bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandati shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 500 (besh yuz) nafar ishtirokchi finalga (3-bosqich) yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Stipendiya g‘oliblarini rag‘batlantirish

Stipendiya tanlovining mutlaq g‘oliblari “REGISTON” o‘quv markazining maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan zalida “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar, pul yutuqlari bilan tantanali ravishda taqdirlanadi.

Tanlovning umumiy yo‘riqnomasi bilan mana bu yerda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin: Tanlov nizomi.

2-BOSQICHDA ISHTIROK ETISH

“REGISTON” o‘quv markazi va OLIYGOH.UZ jamoasi tanlovning barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!

Ma’lumot uchun, “REGISTON” o‘quv markazi respublikamizdagi eng yirik ta’lim markazlaridan biri bo‘lib, hozirda markazning Respublika bo‘ylab 15 ta filiali mavjud. Ushbu markazda 7 yil davomida 30 minga yaqin yoshlar tahsil olishgan.