Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

IELTS o‘qish uchun 500 ta Grant - umumiy miqdor 900 million so‘m

15.01.2023 13:38
IELTS o‘qish uchun 500 ta Grant - umumiy miqdor 900 million so‘m

Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi tomonidan eng kuchli yoshlarga OLIYGOH.UZ jamoasi bilan hamkorlikda "Registon IELTS Granti" tanlovini e’lon qiladi. Ushbu Grant orqali Respublika bo‘ylab 500 nafar yoshlarni mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan (kvotaning taqsimlanishi quyida).

Registon IELTS Granti - bu O‘zbekiston ta’limi kelajagiga befarq bo‘lmagan Registon ta’lim loyihasi va eng yirik platformalardan biri OLIYGOH.UZ jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan navbatdagi ijtimoiy loyiha bo‘lib, bu orqali eng iqtidorli yoshlarni bepul o‘qitish va munosib mukofotlash ko‘zda tutilgan.

Tanlovning asosiy maqsadi - Zamonaviy yo‘llar bilan Respublika miqyosida tahsil olayotgan yoshlarning ta’lim olishini rag‘batlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ingliz tili savodxonlik darajasini oshirish hamda moliyaviy rag‘batlantirish orqali O‘zbekiston ta’lim sohasini yanada rivojlantirishdan iborat.

Registon IELTS Granti tanlovi g‘oliblari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi:

  • “Registon” o‘quv markazining filiallarida IELTS darajasidagi kursni 3 oy mutlaqo bepul o‘qish imkoniyati (kalendar oy asosida);
  • “Registon IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi;
  • Markazning maxsus IELTS materiallaridan bepul foydalanish imkoniyati;
  • "Registan IELTS PREMIUM Mock exam" imtihonlarida bepul qatnashish imkoniyati;
  • "Registan IELTS PREMIUM Mock exam" rasmiy materiallaridan bepul foydalanish imkoniyati;
  • “Registon” o‘quv markazining "Support teacher" xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati;
  • Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish Registon ta’lim loyihasi’ning xalqaro toifadagi ustozlari va OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi mutaxassislaridan tarkib topgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Registon ta’lim loyihasi – bu O‘zbekistondagi eng yirik xususiy ta’lim tashkilotlaridan biri bo‘lib, uning tarmog‘ida Respublika bo‘ylab 30 ga yaqin Registon o‘quv markazi, Registan IT school, Registon xususiy nashriyoti, Registan International School kabi yirik loyihalarni o‘z ichiga oladi. Hozirda Registon o‘quv markazi tarmog‘ida 10 minga yaqin yoshlar tahsil olishadi. O‘zining 8 yillik tarixida 50 mingdan ziyod yoshlar markazni muofaqqiyatli yakunlashgan.

Tanlovda qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing hamda eng nufuzli sovrin egasiga aylaning.

Tanlov tashkilotchilari:

Hamkorlar:

  • Regbooks xususiy nashriyoti

Tanlov kimlar uchun?

  • Ingliz tilining Intermediate va undan yuqori darajadagi 25 yoshgacha bo‘lgan “Registon” o‘quv markazida o‘qimoqchi bo‘lgan barcha yoshlar uchun
  • Muhim eslatma: ushbu grant loyihasi “Registon” o‘quv markazida o‘qimoqchi bo‘lgan yangi o‘quvchi va talabalar uchun tashkil etilgan. Markazlarimizda tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu loyihada o‘z bilimlarini tekshirib olishlari maqsadida imtihonlarda ishtirok etishi mumkin, lekin grantga ega bo‘la olmaydi.

Grant uchun kvota:

  • Grant g‘oliblari soni joriy o‘quv yilida 500 nafar iqtidorli yoshlar uchun belgilangan.
  • Joriy o‘quv yilida nomzodlarning tashabbuslari va takliflari tanlovning maxsus komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, keyingi o‘quv yillaridan grant sovrindorlari soni va ularga beriladigan grant miqdorlari oshirib boriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish oxirgi sanasi:

  • 12-fevral

Qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

"Registon IELTS Granti" tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar @Registan_grant_bot orqali ro‘yxatdan o‘tadi va OLIYGOH.UZ platformasida tanlovning maxsus “Shaxsiy kabineti”ni faollashtiradi.

Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim.

Tanlov bosqichlari

"Registon IELTS Granti" tanlovi 2 bosqichdan iborat. Tanlov bosqichlari umumiy baholash tizimi asosida baholanadi hamda eng munosib ishtirokchilar saralanadi.

Birinchi bosqich

Birinchi bosqich (Test-imtihon shaklida) tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasi orqali Respublika miqyosida onlayn imtihon topshiradilar.

Imtihon turi: Ingliz tilining turli darajalariga oid 50 ta test savoli.

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovining 1-bosqichi 12-fevral kuni soat 19:00 da boshlanadi va 23:00 da hamma uchun imtihon oynasi yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tgan barcha nomzodlar 40 daqiqa davomida imtihonda ishtirok etishlari mumkin. 1-bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandati shakllantiriladi va imtihonning 80 foizidan yuqori (40 ta to‘g‘ri javob va undan yuqori) natijani qo‘lga kiritgan ishtirokchilar 2-bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

Ikkinchi bosqich:

Ikkinchi bosqich: Ushbu bosqich "Registon IELTS Granti" tanlovining eng asosiy bosqichi bo‘lib, ishtirokchilar bu bosqichda maxsus yozma imtihondan o‘tishadi.

Bo‘lib o‘tadigan vaqt va manzil: Tanlovning 2-bosqichi 19-fevral kuni saralangan nomzodlar o‘rtasida “Registon” o‘quv markazining Toshkent shahri va viloyatlardagi maxsus imtihonlar binosida bo‘lib o‘tadi (viloyatlardagi manzillar quyida).

✅ Ishtirokchilar uchun qat’iy eslatmalar:

1) Tanlov boshlanishidan oldin yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqing;

2) Tanlovga ishtirok etishdan oldin “Registon” o‘quv markazi haqida, uning filiallari, joylashgan manzillari bo‘yicha barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqing;

3) O‘zingiz “Registon” o‘quv markazining aynan qaysi filialida o‘qishingiz mumkinligini aniqlashtirib oling. Chunki, 1-bosqich imtihonida siz qaysi filialni tanlasangiz, yakuniy imtihon ham aynan shu filialda bo‘lib o‘tadi va grant siz tanlagan filial doirasida taqsimlanadi. Shuning uchun, ma’lumotlarni diqqat bilan tanishib chiqishingiz tavsiya qilinadi.

Yakuniy bosqichdan so‘ng 10 kun davomida ishtirokchilarning umumiy natijalari maxsus kommissiya tomonidan shaffoflik bilan tekshiriladi va natijalar e’lon qilinadi. Shuni unutmaslik kerakki, final bosqichining ballari yakuniy hal qiluvchi natija hisoblanadi. Ushbu bosqichda eng munosib deb topilgan nomzodlar tanlovning mutlaq g‘oliblari deb e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish

Tanlovi g‘oliblari “Registon” o‘quv markazining maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan majlislar zalida tantanali ravishda taqdirlanishadi.

Tanlovda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan g‘oliblar quyidagi kvotalar asosida munosib rag‘batlantiriladi:

Toshkent shahrida:

“Registon” o‘quv markazi Shahriston filiali — 30 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani

Mo‘ljal: Shahriston metrosi

Telegram kanal: @Registan_Shahriston

Aloqa uchun raqam: +99893-004-27-00

✅“Registon” o‘quv markazi Yakkasaroy filiali — 20 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 53-uy.

Mo‘ljal: Eski teatralniy chorrahasi

Telegram kanal: @Registan_Yakkasaray

Aloqa uchun raqam: +99893-944-27-00

✅“Registon” o‘quv markazi Universam filiali — 20 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasi 141.

Mo‘ljal: Yunusobod metro bekati.

Telegram kanal: @Registan_Universam

Aloqa uchun raqam: +998930052700

✅“Registon” o‘quv markazi Chilonzor filiali — 20 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani.

Mo‘ljal: Shuhrat chorrahasi

Telegram kanal: @Registan_chilanzar

Aloqa uchun raqam: +998935532700

“Registon” o‘quv markazi Akademiya filiali — 30 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani.

Mo‘ljal: Shuhrat chorrahasi, Turon bank olida

Telegram kanal: @Registan_Academy

Aloqa uchun raqam: +998935122700

“Registon” o‘quv markazi Uchtepa filiali — 20 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘cha, 65-uy

Mo‘ljal: "Shirin" chorraha

Telegram kanal: @Registan_Uchtepa

Aloqa uchun raqam: +99893 536 27 00

“Registon” o‘quv markazi Sergeli filiali — 20 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Toshkent sh., Sergeli 6, Mehrigiyo ko‘chasi, 1-A uy.

Mo‘ljal: Meros to‘yxonasi

Telegram kanal: @Registan_sergeli

Aloqa uchun raqam: +998907992700

“Registon” o‘quv markazi Olmozor filiali — 30 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani

Mo‘ljal: Beruniy metro, O‘zMU

Telegram kanal: @Registan_Olmazor

Aloqa uchun raqam: +998930032700

“Registon” o‘quv markazi Mirzo Ulug‘bek filiali — 20 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 154-uy

Mo‘ljal: Davr bank

Telegram kanal: @Registan_MirzoUlugbek

Aloqa uchun raqam: +998940032700

“Registon” o‘quv markazi Mega filiali — 20 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani

Mo‘ljal: Yunusobod metro, Mega Planet oldida

Telegram kanal: @Registan_Mega

Aloqa uchun raqam: +998932622700

“Registon” o‘quv markazi Qoratosh filiali — 20 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Qoratosh ko‘chasi 2-uy

Mo‘ljal: Samarqand darvoza ro‘parasi, Korzinka supermarketi oldida

Telegram kanal: @Registan_Qoratosh

Aloqa uchun raqam: +998930662700

“Registon” o‘quv markazi "SamPI" filiali — 10 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani

Mo‘ljal: Selxoz chorrahasi

Telegram kanal: @Registan_Sampi

Aloqa uchun raqam: +998935002700

“Registon” o‘quv markazi Sayram filiali — 10 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 17-mavze

Mo‘ljal: "Nazar" shifoxonasi ro‘parasida

Telegram kanal: @Registan_Sayram

Aloqa uchun raqam: +998930392700

Samarqand viloyatida:

✅“Registon” o‘quv markazi Samarqand filiali — 30 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Samarqand sh, Buyuk Ipak Yo‘li k.

Mo‘ljal: "Samsung Centre" yonida ("Pavarot")

Telegram kanal: @Registan_Samarkand

Aloqa uchun raqam: +998940042700

“Registon” o‘quv markazi Paxtachi filiali — 10 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, Ziyovuddun shaharchasi

Telegram kanal: @Registan_Pakhtachi

Aloqa uchun raqam: +998938022700

Farg‘ona viloyatida:

“Registon” o‘quv markazi Farg‘ona filiali — 30 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Farg‘ona shahri, Yuksalish ko‘chasi (1 yo‘li)

Mo‘ljal: Sultan Ahmet va Istiqlol restaurant o‘rtasida

Telegram kanal: @Registan_Fergana

Aloqa uchun raqam: +998939002700

“Registon” o‘quv markazi Rishton filiali — 10 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Farg‘ona viloyati, Rishton shaxar markazi

Mo‘ljal: Avtoshoxbekat

Telegram kanal: @Registan_Rishtan

Aloqa uchun raqam: +998948722700

Namangan viloyatida:

“Registon” o‘quv markazi Namangan filiali — 30 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Namangan shahar, Sardoba

Mo‘ljal: Sardoba bozori, Dunyo savdo markazi

Telegram kanal: @Registan_Namangan

Aloqa uchun raqam: +99893-604-27-00

Andijon viloyatida:

“Registon” o‘quv markazi Andijon filiali — 20 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Andijon shahri, Istiqlol ko‘cha-9

Mo‘ljal: Bobur haykali

Telegram kanal: @Registan_Andijan

Aloqa uchun raqam: +998947112700

Jizzax viloyatida:

“Registon” o‘quv markazi Jizzax filiali — 30 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Jizzax sh, Sh.Rashidov ko‘chasi

Mo‘ljal: Korzinka supermarketi oldida

Telegram kanal: @Registan_jizzakh

Aloqa uchun raqam: +998930072700

Surxondaryo viloyatida:

“Registon” o‘quv markazi Termiz filiali — 10 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Termiz shahri, Taraqqiyot ko‘chasi

Mo‘ljal: Grand chorraha

Telegram kanal: @Registan_Termiz

Aloqa uchun raqam: +998944792700

Qashqadaryo viloyatida:

“Registon” o‘quv markazi Qarshi filiali — 20 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Qarshi shahri, Islom Karimov ko‘chasi (1 yo‘li), Eski Beeline binosi

Mo‘ljal: San’at kolleji yonida, Asia Alliance Bank ro‘parasida

Telegram kanal: @Registan_Karshi

Aloqa uchun raqam: +998937632700

Xorazm viloyatida:

“Registon” o‘quv markazi Urganch filiali — 20 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Urganch shahri, Yangi Shovot yo‘li

Telegram kanal: @Registan_Urganch

Aloqa uchun raqam: +998931112700

Navoiy viloyatida:

“Registon” o‘quv markazi Navoiy filiali — 20 ta grant o‘rni;

Joylashgan manzil: Navoiy shahar, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi 63

Mo‘ljal: Navoiy hokimligi yonida

Telegram kanal: @Registan_Navoi

Aloqa uchun raqam: +998908082700

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar OLIYGOH.UZ platformasining “Shaxsiy kabinet” oynasi orqali barcha ishtirokchilarga yuboriladi.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish

“Registon” o‘quv markazi o‘zining bo‘lajak eng iqtidorli o‘quvchilariga omad tilaydi!

Tanlov bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @oliygoh_edubot manziliga yozishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, Registon o‘quv markazining jonkuyar ustozlari tomonidan YouTube platformasida abituriyentlar hamda IELTS imtihonlariga tayyorlanayotgan yoshlar uchun bepul onlayn darslar loyihasi ishga tushurilgan bo‘lib, bu orqali yoshlar uydan chiqmagan holda bepul onlayn ta’lim olishlari mumkin. (BATAFSIL)

Markazning rasmiy telegram kanali: @Registan_LC

Markazning rasmiy YouTube kanali: @Registan_LC