Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

EPAM o‘zbekistonlik IT-mutaxassislar uchun o‘quv dasturiga arizalar qabul qilmoqda

5.03.2023 13:12
EPAM o‘zbekistonlik IT-mutaxassislar uchun o‘quv dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Ishtirok etish uchun ingliz tili darajasi B1 va undan yuqori bo‘lishi hamda dasturlash tillarini bilish talab etiladi.

Foto: EPAM

“EPAM” “Automated Testing” bo‘yicha kurslarga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Trening dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va avtomatlashtirilgan sinov muhandisi ishi haqida ma’lumot beradi.

Unda faqat o‘zbekistonliklar yoki mamlakatga ko‘chib kelgan xorijliklar ishtirok etishlari mumkin.

Trening jarayoni 2 bosqichdan iborat:

Self-paced — bu bosqichda hamjamiyat yordamida kodlash platformalarida mustaqil o‘rganish mumkin.

Blended mode — aralash rejimda esa muhandislar yordamida ilg‘or mavzularga o‘tiladi hamda qiyin vazifalarni bajarishga yordam beriladi.

Ikkita bosqichni tugatgan ishtirokchilar avtomatik ravishda test laboratoriyasiga qo‘shiladi. Bundan tashqari, “EPAM Uzbekistan"dan ish taklifiga ham ega bo‘lish mumkin.

Unda ishtirok etish uchun ingliz tili darajasi “Intermediate” (B1) va undan yuqori bo‘lish kerak.

Shuningdek, IT-sohasi bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lish hamda Java, C# yoki Javascript kabi dasturlash tillaridan birini bilish zarur.Arizalarni 15-martgacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.