Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekistondagi eng yomon davlat oliygohlari nomi e’lon qilindi

21.12.2022 00:53
O‘zbekistondagi eng yomon davlat oliygohlari nomi e’lon qilindi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan e’lon qilingan oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingidan xabardormisiz? Yo‘q bo‘lsa eslatib o‘tamiz:

Milliy reytingga kirgan 92 ta oliy ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligiga quyidagi 4 ta yo‘nalishdagi 20 ta indikator asosida baho berilgan.

– ilmiy tadqiqot faoliyati va ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi;

– o‘quv-metodik ishlar faoliyati va o‘qitish sifati;

– talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati;

– sportni rivojlantirish.

Milliy reytingga ko‘ra, eng quyi natija qayd etgan OTMlar:

– Termiz muhandislik texnologiya instituti;

– O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

– Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

– Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti;

– Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti.

Eng yuqori natija qayd etgan OTMlar:

– «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti;

– O‘zbekiston milliy universiteti;

– Toshkent moliya instituti;

– Samarqand davlat universiteti;

– Navoiy davlat konchilik instituti.