Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekistonda ilk marotaba IELTS imtihonidan maksimal 9.0 natija qayd etildi

4.03.2023 08:57
O‘zbekistonda ilk marotaba IELTS imtihonidan maksimal 9.0 natija qayd etildi

Bir kunning o‘zida 2 nafar yurtdoshimiz: Bekzod Mirahmedov hamda Muhammadali Sodiqov IELTS imtihonidan 9 ballni qo‘lga kiritdi.

35 yoshli “Zone” o‘quv markazi asoschisi Bekzod Mirahmedov hamda Buxoroda “Ad Astra School” nomli o‘quv markazining egasi 23 yoshli Muhammadali Sodiqov O‘zbekistonda xalqaro ingliz tilini baholash tizimi (IELTS)dan maksimal 9 ballni qo‘lga kiritdi.

Ikkala qahramonimiz ham imtihonining 3 ta qismidan — Listening (tinglab tushunish), Reading (o‘qib tushunish) va Speaking (so‘zlash)dan 9 ball, Writing (yozish) imtihonidan esa 8 ballik natijani qayd etgan.

IELTS instruktorlari hisoblangan bu ikki yigit maksimal ballni olgani haqidagi ma’lumotni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilgan.

Xususan, Muhammadali Sodiqov telegramdagi kanalida sertifikat suratini qo‘yar ekan, postga: “Kimningdir diqqat-eʼtiborini o‘g‘irlashni yomon ko‘raman, lekin bu yerda 9 ballni olgan birinchi o‘zbek bor”, – deb yozgan.

Bekzod Mirahmedov esa instagramdagi sahifasida sertifikatni olish jarayoniga bag‘ishlangan videoni e’lon qilgan.