Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekistondan 8 OTM Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kirdi

13.12.2022 10:00
O‘zbekistondan 8 OTM Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kirdi

Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo universitetlarining 2023 yil uchun reyting natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ilk bor respublikamizning 8 ta oliy ta’lim muassasasi TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

QS ning bu yilgi reytingi bugungi kunga qadar eng kattasi hisoblanib, o‘z ichiga 760 ta eng kuchli Osiyo universitetlarini qamrab olgan.

Shuningdek, reytingni shakllantirishda asosiy ko‘rsatkichlar sifatida akademik va ish beruvchining obro‘si, PhD darajasiga ega bo‘lgan xodimlar soni hamda xalqaro talabalar ulushi kabi me’zonlar birinchi marotaba kiritildi.