Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

25.02.2023 01:01
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2023-yil 29-yanvar kuni o‘tkazilgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi, deya bilim va malakalarni baholash agentligi xabar bermoqda.

Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi