Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Oliygoh.uz jamoasi ishga taklif qiladi

14.12.2022 12:15
Oliygoh.uz jamoasi ishga taklif qiladi

Oliygoh.uz jamoasi o‘z faoliyatini yanada kengaytirmoqda!

Biz yosh, bilimdon, mas’uliyatli va serg‘ayrat yoshlarni qidiryapmiz. Biz sizga juda qulay imkoniyatni taqdim qilamiz.

Bizning jamoa "Grant yutish strategiyalari" loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda. Bizga xalqaro ta’lim dasturlarini tushunadigan, ularni sharhlay oladigan, mazmunan to‘g‘ri tarjima qila oladigan yosh mutaxassislar kerak!

TALABLAR:

  • Xalqaro ta’lim dasturlarini tushunish;
  • Xalqaro ta’lim dasturlarini sharhlay olish;
  • Ingliz tilidan tarjimonlik qobiliyati (rus va boshqa tillarni bilish ustunlik beradi);
  • Ijtimoiy tarmoqlarda faollik (shaxsiy blog yuritish ko‘nikmasi ustunlik beradi);
  • Telegram kanal yurita olish;
  • Shijoat, masʼuliyat va intizom.

VAZIFALAR:

Xalqaro ta’lim maydonidagi dasturlarni o‘zbek tiliga mazmunan to‘g‘ri tarjima qilish va ularni sharhlay olish:

  • Xalqaro ta’lim grantlari va stipendiyalari;
  • Xorijda o‘qishda ko‘mak beradigan foydali malumotlar, blogpostlar;
  • Xalqaro amaliyot dasturlari (stajirovka), talabalar almashinuv dasturlari, internshiplar, WaT dasturlari;
  • Xalqaro universitetlar haqida ma’lumotlar;
  • Xalqaro tadbirlar, tanlovlar, forumlar.

Umuman aytganda ta’lim sohasida O‘zbekiston mintaqasiga mos keladigan xalqaro ta’lim jarayonlarini yoritish va ularni sharhlay olish.

ISH SHAROITI:

  • Kelishilgan ish haqi;
  • Masofaviy ish jadvali;
  • Qulay muhit va ajoyib jamoa;
  • Istalgan joydan turib ishlash imkoniyati;
  • O‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun qulay imkoniyat;
  • Respublika bo‘ylab turli tanlovlarda jamoa a’zosi sifatida ishtirok etish imkoniyati;

Qaysi hududda bo‘lishingizdan qat’iy nazar bizning jamao a’zosiga aylanishingiz mumkin. Eng muhimi masofadan turib onlayn ishlash imkoniyati mavjud. Hozirda jamoada 10 ga yaqin turli yo‘nalishlarda o‘z sohasining kuchi mutaxasisslari faoliyat yuritadi, siz ham bizning safimizda bo‘lishingiz mumkin.

Yuqoridagi talablarga o‘zingizni nomzod deb bilsangiz quyidagi manzilga o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni yuboring. (Internet nashrlarida e’lon qilingan tarjima yoki xalqaro ta’lim dasturlari haqida materiallar bo‘lsa, ularning nusxa va havolalarini ham jo‘natishingiz mumkin.) Rezyume yuborgan nomzodlarga aloqaga chiqamiz va onlayn suhbat tashkil qilinadi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bizning jamoamizga qabul qilinadi:

ARIZA QOLDIRISH

O‘zingizni ko‘rsating va kuchli jamoamizning a’zosiga aylaning!