Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Endi nostrifikatsiya va apostil xizmatlari bilan DTM shug‘ullanadi

2.02.2023 20:55
Endi nostrifikatsiya va apostil xizmatlari bilan DTM shug‘ullanadi

Xabaringiz bor, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanishi belgilangan.

Shu sababli Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni qabul qilib olish choralarini ko‘rish topshirig‘i berilgan.

Hozirda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish uchun axborot bazasini qabul qilib olish, u asosida axborot tizimi ishlab chiqish va uni tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Nostrifikatsiya va apostil xizmatlari mart oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.