Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Litsenziyaga ega nodavlat va xususiy oliygohlar ro‘yxati

9.12.2022 09:37
Litsenziyaga ega nodavlat va xususiy oliygohlar ro‘yxati

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ishonchli ma’lumot taqdim etish maqsadida, litsenziya olgan nodavlat va xususiy oliygohlar ro‘yxatini e’lon qildi.

So‘nggi yillarda nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari soni ko‘paydi. Har oy yangi bir universitet yoki institut ochilgani haqidagi e’lonlarga ko‘zimiz tushadi.

Ana shunday paytda ota-onalar va abituriyentlarda faqat asosiy bitta savol paydo bo‘ladi: «Diplomi O‘zbekistonda o‘tadimi?»

Ushbu video va maqolada Oliygoh.uz jamoasi sodda tarzda batafsil javob beradi:

Vakolatli davlat organi hisoblangan Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy saytida lisenziya olgan xususiy OTMlar ro‘yxati bor. Bu saytdan qaysi OTMning diplomi bizda o‘tish yoki o‘tmasligini mustaqil aniqlashingiz mumkin.

Nodavlat va xususiy oliygohlar

Akfa universiteti
Alfraganus University
Binary international university
British Management University
Buxoro innovatsion tibbiyot instituti
Buxoro innovatsiyalar universiteti
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
Cambridge International University
Capital School - Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti
Central Asian Medical university
Colligium Humanum Varshava menejment universiteti
Digital University
Diplomat University
Effect EDU
European medical University
Farg‘ona shaxridagi Koreya xalqaro universiteti
Farg‘onadagi Koreya xalqaro universiteti
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti
Impuls tibbiyot instituti
International school of finance and technology
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
IT-Park University
Japan Digital University
Kokand university
Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi Farg‘ona filiali
Ma’mun universiteti
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi
Navoiy innovatsiyalar instituti
Nukus innovatsion instituti
Oriental University
Osiyo xalqaro universiteti
PDP University
Perfect University
Profi University
Qarshi innovatsion ta’lim universiteti
Qarshi xalqaro universiteti
Ranch texnologiya universiteti
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti
Renessans ta’lim universiteti
Sabhram university
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti
Sharda universiteti
Stars International University
Tashkent International University of Education
TEAM University
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
TMC Institute
Toshkent Amaliy fanlar universiteti
Toshkent Iqtisodiyot va pedagogika instituti
Toshkent menejment va iqtisodiyot universiteti
Toshkent shahrida Vebster universiteti
Toshkent shahridagi Amiti universiteti
Toshkent shahridagi Inha universiteti
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti
Toshkent shaxridagi ADJU universiteti
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
Turan international university
Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filiali
Turon Zarmed universiteti
University of business and science
University of Economics and Pedagogy
University of management and future technologies
Urganch innovatsion universiteti
Valley Innovative University
Xalqaro innovatsion universiteti
Xalqaro Nordik universiteti
Yangi asr universiteti

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish muddati va talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibini mustaqil belgilaydi.

Shu bilan birga, mamlakatda faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari asosida o‘tkaziladi.

O‘tish ballidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.