Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Multilevel repetitsion test sinovi o‘tkaziladi

3.02.2023 18:42
Multilevel repetitsion test sinovi o‘tkaziladi

Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ko‘p darajali (multilevel) repetitsion (mock exam) test sinovi.

2023-yil 14-fevral kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha repetitsion (mock exam) test sinovi o‘tkaziladi. Bu haqda markaz telegram kanalida ma’lum qilindi.

Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan hamda to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar test sinovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 9-fevral (to‘lovni amalga oshirish 10-fevral soat 10:00) kuniga qadar my.dtm.uz havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.