Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

“Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kurslariga qabul qilinish shartlari

22-may 15:30
“Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kurslariga qabul qilinish shartlari

Vazirlar Mahkamasi qarori (19.05.2023 206-son) bilan tinglovchilari (talabalar) har oylik stipendiya, bir mahal issiq ovqat bilan va zarur kompyuterlar ta’minlanadigan “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu o‘quv kurslariga tanlov jarayonlari shartlari:

Tanlovning birinchi yilida davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha ta’lim shakli bo‘yicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi bo‘lmagan) talabalari ishtirok etadi.

O‘quv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilish jarayoni har yili iyun-avgust oylarida quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:

1- bosqich – onlayn ariza va IQ test (onlayn test) topshirish. (100 ballik tizimda baholanadi)

Nomzodlar tanlovda ishtirok etish uchun onlayn arizani Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasining dscience.uz veb-sayti orqali to‘ldiradi.

Jami 300 nafar eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar 2-bosqichga o‘tkaziladi.

2-bosqich – imtihon. Bunda quyidagi mezonlar asosida 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi:

  • axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish (boshlang‘ich);
  • algoritmlash va dasturlashtirish asoslari;
  • mantiqiy savol va masalalar;
  • matematikadan mantiqiy masalalar;
  • matematik statistika masalalarini yechish;
  • algebradan misollar yechish;
  • tenglamalar yechish;
  • kompleks sonlar va ular ustida amallar.

120 nafar eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar 3-bosqichda ishtirok etishga tavsiya etiladi.

3-bosqich – suhbat. (100 ballik tizimda baholanadi)

Suhbatda quyidagi mezonlardan kelib chiqqan holda savollar beriladi:

Respublikada raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish (elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, raqamli ta’lim, telekommunikasiya va boshqa sohalardagi islohotlar haqida tasavvur va fikrlash qobiliyatining mavjudligi.

Tanlovning uchinchi bosqichi g‘oliblari to‘g‘risida ma’lumot tashkilotchilar tomonidan o‘n ish kuni ichida e’lon qilinadi.