Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Millat Umidi granti natijalari e’lon qilindi

16.08.2022 11:22
Millat Umidi granti natijalari e’lon qilindi

— Xabaringiz bor, Cambridge International University tomonidan Respublika miqyosida tahsil olayotgan maktab bitiruvchilari va abituriyentlarning ta’lim olishini rag‘batlantirish hamda ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Millat Umidi Granti" tanlovi e’lon qilingan edi. Tanlovda ishtirok etgan nomzodlar 2 oy davomida 3 bosqichdan iborat bo‘lgan imtihon tizimida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi

— Grant tanlovi e’lon qilingandan so‘ng ushbu loyiha o‘n minglab yoshlar orasiga kirib bordi va 30 mingdan ziyod abituriyent-yoshlar ushbu grant uchun ro‘yxatdan o‘tdilar.

— Tanlovning 1-bosqichida Respublikamizning turli hududlaridan 7 minga yaqin iqtidorli yoshlar ishtirok etdi hamda yuqori natija ko‘rsatgan 2196 nafar nomzodlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Birinchi bosqichda ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali tanlovning maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin (Sertifikatlarni yuklab olish).

— Tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tgan nomzodlar orasida 2-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tdi hamda ushbu bosqichda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 532 nafar (64 va undan yuqori ball olgan) ishtirokchilar final yo‘llanmasini qo‘lgan kiritishdi (Natijalarni ko‘rish)

Tanlov yo‘riqnomasi va nizomiga ko‘ra, 3-bosqich (final) bosqichi eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar o‘rtasida Cambridge International Universityning asosiy binosida bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning maxsus komissiyasi ushbu hujjatlarni 2 ish haftasi davomida tekshiruvdan o‘tkazishdi. (Natijalar MU 22.xlsx)

Komissiya tarkibi:

Rais:

  • Sharifov Dilmurod — Cambridge International University rektori

Komissiya a’zolari:

  • 10 kishidan tarkib topgan xalqaro darajadagi Cambridge International Universityning professional ustozlari;

Tanlovning komissiya a’zolari natijalarni umumlashtirilgan holda quyidagi nomzodlarni “Millat Umidi granti" sovrindorlari deb e’lon qiladi:

Diqqat! Tanlovning 3-bosqichida ishtirok etgan nomzodlardan ba’zilarining kerakli hujjatlarni taqdim etmaganliklari hamda tanlov qoidalariga rioya qilmagan holda tanlovda ishtirok etganliklari tufayli so‘nggi bosqich natijalarini e’lon qilish biroz kechikdi. Qoidalarga rioya qilmagan ishtirokchilar tanlov komissiyasi tomonidan tanlovdan chetlatildilar. Final bosqichining natijalari: Natijalar MU 22.xlsx

Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish

Tanlovi g‘oliblari Cambridge International University’ning maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan zalida tantanali ravishda taqdirlanadi.

Tanlovda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

  • Eng yuqori natija ko‘rsatgan 15-20 nafar nomzodga Cambridge International University’ning maxsus 100% foizlik ta’lim granti (Ushbu grant talabaning 1 yillik o‘quv yili kontraktini to‘lab berishni nazarda tutadi) va “Millat Umidi Granti” tanlovining g‘oliblik sertifikati.
  • Final bosqichida faol ishtirok etib, natijalari yuqori deb e’tirof etilgan navbatdagi 20-25 nafar nomzodga Cambridge International University’ning maxsus 50% foizlik ta’lim granti (Ushbu grant talabaning yarim yillik o‘quv yili kontraktini to‘lab berishni nazarda tutadi) va “Millat Umidi Granti” tanlovining g‘oliblik sertifikati.
  • Shuningdek, final bosqichida yaxshi natija ko‘rsatgan 20-25 nafar nomzodga ham ma’lum miqdorda 30% foizlik maxsus ta’lim granti (Ushbu grant talabaning kontrakt to‘lovining 30% ni to‘lab berishni nazarda tutadi) va “Millat Umidi Granti” tanlovining g‘oliblik sertifikati.

Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar OLIYGOH.UZ platformasida shakllantirilgan “Shaxsiy kabinet” orqali yuklab olinishi mumkin.

Cambridge International University o‘zining bo‘lajak eng iqtidorli talabalariga omad tilaydi!

✅ Ma’lumot uchun:

1. Tanlovga Respublikaning turli hududlaridan 30 mingdan ziyod iqtidorli yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi;2. Tanlovning 1-bosqichida 7 minga yaqin nomzod ishtirok etdi;3. Yuqori natija ko‘rsatgan 2196 nafar nomzod 2-bosqichga yo‘llanma oldi;4. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 532 nafar nomzod final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

© Hurmat bilan, Cambridge International University ma’muriyati

Ma’lumot uchun, Cambridge International University (CIU) 2020-yilda Umidjon Ishmukhamedov tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 2021-2022 o‘quv yilida 500 dan ortiq talabalar xalqaro Pearson BTEC dasturi doirasida tahsil oldi. Bizning Universitet Buyuk Britaniyaning Pearson BTEC xalqaro dasturi asosida ta’lim beradigan O‘zbekistondagi yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet maqsadi Talaba manfaati va tadbirkor ehtiyojini birlashtiruvchi ko‘prik vazifasini bajarib, zamon talablariga mos Biznes, Moliya, IT va ELT (ingliz tili o‘qitish) yo‘nalishlarida barchaga milliy va xorijiy dasturlar asosida sifatli ta’lim imkoniyatlarini yaratishdir.

Bizning asosiy kuchimiz yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va fidoyi xodimlarning kuchli jamoasi hisoblanadi. Qulay sharoitlar va texnik imkoniyatlar ta’lim jarayonining ajralmas qismi deb bilamiz, va shuning uchun ham dunyo universitetlari qo‘llaydigan CANVAS LMS platformasi ham talabalar va ustozlar uchun foydalaniladi. Hozirda Novzadagi 5 qavatlik zamonaviy o‘quv binoimizda leksiya zallar, maxsus IT xonalari, seminar xonalar, Cambridge Cafesi, kutubxona va co-working zonalar va talabalar uchun do‘stona atmosfera yaratilgan. Hattoki, 4-qavatda IELTS IDP va Study Abroad kabi hamkorlarimiz ham faoliyat olib borishadi.

Biz hozirda universitetni boshqa oliygohlardan ajratib turadigan bir qator afzalliklarni taklif qilamiz. Zamonaviy talablarga mos dasturlar, innovatsion metodlar asosida professional ustozlar ishtirokida ilm olish va Biznes, Moliya, Axborot texnologiyalari, ingliz tili o‘qitish sohasida muvaffaqiyatga erishish istagida bo‘lgan barchaga sifatli, Eksklyuziv 5 yangi bakalavr fakultetlarini tanlash imkoniyatini yaratdik, bular:

— Xalqaro Pearson BTEC Biznes dasturi (Marketing, HR)

— Amaliy Buxgalteriya va Moliya (ACCA, CIMA dasturi);

— Axborot Texnologiyalari (IT, Dasturiy ta’minot muhandisligi);

— Ingliz tili filologiyasi (IELTS, TKT, CELTA)

— Biznes boshqaruvi (Milliy O‘zbek tilida);

Ushbu dasturlar doirasida olingan bilimlar bitiruvchilarga o‘zlari tanlagan sohada xalqaro ta’lim muhitini yaratish imkonini beradi.

Universitetning rasmiy web-sahifasi: cambridge.uz

Universitet manzili: Cambridge International University