Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab maxsus pedagogika, defektologiya magistratura mutaxassisliklariga faqat davlat granti asosida amalga oshiriladi.

26.03.2023 21:52
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab maxsus pedagogika, defektologiya magistratura mutaxassisliklariga faqat davlat granti asosida amalga oshiriladi.

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab maxsus pedagogika, defektologiya magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

✅ Bu haqda Prezidentning 27-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Bunda, o‘qitish davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan davlat granti asosidagi umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi.

👉 2023/2024-o‘quv yilgi qabul jarayonidan boshlab qabul tartibi, test sinovlari to‘g‘risida abituriyentlarga ma’lumot berish uchun tayyorlanadigan materiallar nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulayd formatda bo‘lishi, jumladan, videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishi belgilandi.

Nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun ularning oila a’zosi yoki boshqa shaxslarga oliy ta’lim muassasasida birga bo‘lishiga sharoit yaratiladi.

👉 Shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi (yo‘lda kuzatib boruvchi) bir nafar fuqaro uchun davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan, shu jumladan, ta’lim muassasalarida fuqarolarning bevosita hozirligida (joyida) ko‘rsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanish, davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslari) qabuliga navbatsiz kirish bo‘yicha imtiyoz beriladi.