Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Fransiya: Xotin-qizlar uchun magistratura bosqichini MBA yo‘nalishida o‘qish uchun 15 000 yevro qiymatga ega grant dasturi

18.05.2022 13:10
Fransiya: Xotin-qizlar uchun magistratura bosqichini MBA yo‘nalishida o‘qish uchun 15 000 yevro qiymatga ega grant dasturi

Muddati:

02.06.2022

Davlat:

Fransiya

Rasmiy havola:

escp.eu

Grant turi:

Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida:

ESCP (fransuzcha: École supérieure de commerce de Paris) - bu xususiy, davlat tomonidan tan olingan iqtisodiy maktab. Universitetning Berlin, London, Madrid, Parij, Turin va Varshavada oltita kampuslari mavjud. Universitetda transmilliy bakalavr, magistratura, doktorantura va MBA dasturlari hamda menejerlarni qo‘shimcha o‘qitish uchun seminarlar o‘tkaziladi.

See the source image

Universitet tomonidan taklif etilayotgan grant dasturi MBA dasturida magistratura bosqichida o‘qish niyatida bo‘lgan xalqaro xotin-qizlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Grant dasturi kimlar uchun:

  • Dastur uchun barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin.

Ariza topshirish jarayoni:

  • Nomzodlar avvalo MBA dasturiga qabul qilinish uchun BU YERDAN onlayn ariza topshirishlari kerak. Shundan so‘ng, nomzodlar grant dasturi uchun BU YERDAN ariza formasini to‘ldirib uni quyida ko‘rsatilgan manzilga yuborilishlari kerak:

Zaruriy hujjatlar:

Nomzodlar universitetga quyidagi hujjatlarni so‘raladi onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida. Bu yerdan ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:

  • Ayollarning biznesda rivojlanishini ta’minlashga intilishingizni ko‘rsatadigan ish joyidan professional tavsiyanoma;
  • Talabalar ESCP univeritetining MBA dasturiga qabul qilinishlari uchun Xalqaro Menejmentga aloqador bakalavr darajasiga ega bo‘lishlari shart.
  • GMAT yoki GRE yoki Tage Mage sertifikati bo‘;ishi kerak agarda bu sertifikatlar bo‘lmasa universitet tomonidan tashkil etilgan ichki ESCP testini topshirishlari kerak;
  • Til bilish sertificatlari IELTS 6.5 yoki TOEFL talab etiladi ammo ushbu sertifikatlar bo‘lmasa univeritetning ichki qabul testidan o‘tishlari zarur;
  • Bakalavriat darajasi baholar transcripti;
  • Application fee mavjud 180 yevro;
  • So‘ngra ushbu hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ikkinchi bosqich bu onlayn skypeda intervyu bo‘lib o‘tadi undan ham saralab olinganlaga yakuniy javoblar 3 hafta ichida yetib keladi.
  • Bu yerdan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin;

Grantning manfaatli tomonlari:

Muvaffaqiyatli tanlangan xalqaro ariza beruvchilarga ESCP oliygohida MBA dasturi bo‘yicha ta’lim olishlari uchun 15 000 yevro (taxminan 15 774 AQSh dollari) miqdorida grant taqdim etiladi. Bu yerdan qanday qilib grant yutish bo‘yicha univeristet tomonidan tayyorlangan 5 ta podkast ni eshitishingiz mumkin.

Eslatma: Ushbu link orqali moliyaviy jihatdan barcha savollarga javob berilgan. Grant uchun ariza berishdan oldin tanishib chiqishingizni maslahat beramiz.

Oxirgi muddat: Ushbu dasturga ushbu yozda 2 marotaba qabul bo‘ladi. 1- qabul oxirgi muddat 02.06.2022.

2- qabul oxirgi muddat 30.06.2022.

Batafsil bu yerda