Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

TOEFL imtihoniga ro‘yxatga olish boshlandi

3.02.2023 18:25
TOEFL imtihoniga ro‘yxatga olish boshlandi

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi, deya xabar berilmoqda.

📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish https://my.dtm.uz/ilmiy/service havola (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 13-fevralga (to‘lovni amalga oshirish 14-fevral soat 10:00) ga qadar davom etadi.

Imtihonlar esa 15-fevral kuni soat 14:00 Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi. Muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Imtihonlar bo‘yicha ma’lumot:

➖ TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma ;

➖ TOEIC Listening and Reading Test — ma’lumot | qo‘llanma;

➖ TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot | qo‘llanma.