Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Magistraturaga kirolmaganlarda super-kontraktga kirish imkoniyati bor

17.02.2023 22:00
Magistraturaga kirolmaganlarda super-kontraktga kirish imkoniyati bor

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq joriy oʻquv yilida faqatgina davlat oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga С1, В2 milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatiga ega boʻlib, hujjat topshirgan, ammo kvota doirasida talaba boʻlolmaganlarga belgilangan bazaviy toʻlov-kontraktning 1.5 baravaridan oshmagan miqdordagi toʻlov asosida magistraturada oʻqish imkoniyati yaratildi. Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bergan.

Oʻqish istagini bildirganlar oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalariga murojaat qilishlari mumkin.