Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

London City university: Buyuk Britaniyanin nufuzli universitetida o‘qish imkoniyati

20.10.2021 11:58
London City university: Buyuk Britaniyanin nufuzli universitetida o‘qish imkoniyati

Muddati:

06.12.2021

Davlat:

Buyuk Britaniya

Rasmiy havola:

www.city.ac.uk

Grant turi:

Magistratura

International Excellence Scholarships Buyuk Britaniyaning London City universitetida magistratura bosqichida ta’lim olish imkoniyatini taqdim etuvchi grant dasturi hisoblanadi.

Dasturda chet eldan kelgan bilimli, har tomonlama faol yoshlar ishtirok etishlari va magistratura bosqichini Londonda davom ettirishlari mumkin. Ushbu yo‘nalishlar uchun afsuski, grant ajratilmaydi:

  • MSc Speech and Language Therapy
  • MSc Adult and Mental Health Nursing.

Talablar:

  • Nomzod xalqaro talaba bo‘lishi lozim;
  • Bakalavr bosqichi tugallagan bo‘lishi kerak;
  • Ushbu universitetning magistrlik kursi talablariga javob berihsi va unga qabul qilinishi lozim;

Imtiyozlar:

  • Stipendiya miqdori nomzod akademik ko‘rsatkichiga qarab £1,000 dan £5,000 gacha bo‘lishi mumkin.

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar onlayn ariza topshirishlari va 500 so‘zdan iborat shaxsiy bayonot yozishlari kerak.

Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun: ug.prereghealth@city.ac.uk