Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talabalar to‘lagan kontraktning 12% qismini qaytarib olish usuli

14-may 02:09
Talabalar to‘lagan kontraktning 12%  qismini qaytarib olish usuli

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, O‘zbekistonning professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining yoki 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoxud erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi, deya yozmoqda Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun to‘langan mablag‘lardan daromad solig‘i ushlanmaydi:

  • fuqaro o‘zining kontraktiga o‘tkazsa;
  • ota-onalar 26 yoshga to‘lmagan farzandining kontraktiga o‘tkazsa;
  • er yoki xotin 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining kontraktiga o‘tkazsa.

Bu imtiyoz qaysi ta’lim muassasalariga qo‘llanadi:

  • professional ta’lim (kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar) o‘quvchilariga;
  • oliy ta’lim talabalariga.

Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

  • o‘z mablag‘lari;
  • jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
  • yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).

To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Izoh: yuqoridagi 3 ta toifadan boshqalarning, masalan, aka-ukasi, opa-singlisi, kuyovi yoki kelini yoxud boshqa shaxslarning kontrakti uchun to‘lov qilinsa, hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.