Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

King‘s College London Scholarships 2021-2022| Fully Funded: Grant asosida magistratura va doktorantura bosqichida o‘qish imkoniyati-24 000$ Yillik Stipendiya

22.08.2021 22:17
King‘s College London Scholarships 2021-2022| Fully Funded: Grant asosida magistratura va doktorantura bosqichida o‘qish imkoniyati-24 000$ Yillik Stipendiya

Muddati:

01.10.2021

Davlat:

Angliya

Rasmiy havola:

www.kcl.ac.uk

Grant turi:

Aspirantura, Magistratura

Umumiy Ma’lumotlar:

Dunyo reytinggida 31-o‘rinda hamda Angilyadagi eng qadimiy oliygohlardan biri - "King‘s College London" da magistratura va doktorantura bosqichida to‘liq moliyalashtirilgan grant asosida tahsil olish imkoniyati. Ushbu College da magistratura bosqichida ta’lim olish muddati 4 yil bo‘lib doktorlik malakaviy ishini olishni ham o‘z ichiga oladi.

Grantning foydali jihatlari:

  • To‘liq kontrak pulidan ozod etiladi;
  • Yillik stipentiya - £17,609 (23 850$);
  • Tadqiqot xarajatlari uchun- £5000 (6800$);

Dastur yo‘nalishlari:

  • Tibbiyot;
  • Psixologiya,Nevrologiya;
  • Tabiiy fanlar;
  • Matematika;
  • Hamshiralik;
  • Stomotologiya;

Nomzod o‘qishni boshlanish vaqtini 2022-yilning Iyun oylariga reja qilgan bo‘lishi kerak.Dasturga ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi 2021-yilning 1-Oktabriga qadar hamda tanlab olingan nomzodlar bilan olihgoh ma’muriyati 2022-yilning 31-yanvar oyiga qadar bog‘lanishadi.

MUHIM:

Dasturda onlayn arizani shu yerdan topshiring.

Onlayn tarzda ’King‘s College London" ga 1-oktabrga qadar arizalar topshiring hamda o‘quv yili boshlanishi sifatida 2022-yil 1-iyunni belgilang. Ariza shakli bilan bu yerda tanishing.Nomzodlar ularning akademik ko‘rsatkichari hamda tadqiqot mavzulariga ko‘ra saralab olinadi .Yakuniy natijalar 2022-yilning 1-martiga qadar e’lon qilinadi.

Batafsil qo‘shimcha savol va takliflar uchun doctoralstudies@kcl.ac.uk. ga murojaat qilishinggiz mumkin