Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

28.03.2023 22:37
Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

2023-yil 2-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi. Bu haqda bilim va malakalarni baholash agentligi xabar bermoqda.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” (https://my.uzbmb.uz/national-cert) bo‘limidan olishlari mumkin. Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

  • Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida 07:30 dan boshlab kiritiladi va test sinovlari 09:00 da boshlanadi. Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.