Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

22.02.2023 23:17
Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

2023-yil 23-fevral kuni kimyo va fizika fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlanadi, Bu haqda bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berilmoqda.

Ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi va 8-mart (to‘lov qilish 9-mart) kuniga qadar davom etadi. Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) va test topshirish hududini tanlashlari mumkin.

Ushbu fanlardan test sinovlari 2023-yil 2-aprel (yakshanba) kuni o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi. Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda tashkil etiladi.