Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Endilikda OTM imtihonlari Internetda jonli efirga uzatiladi

17.06.2021 09:11
Endilikda OTM imtihonlari Internetda jonli efirga uzatiladi

Endilikda OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari Internetda jonli efirga uzatiladi

“Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmon bilan barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati (33 ta) tasdiqlandi.

Farmonga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid hisobotni har yili:

➖ 1 martgacha veb-saytlariga joylashtirib, 10 martgacha uni jamoatchilik ishtirokida muhokama etish haqida xabar beradi;

➖ 1 aprelgacha hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etish uchun matbuot anjumanlarini o‘tkazadi.

✅ 2021-yil 1-iyuldan quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ochiq ma’lumotlar portaliga (Portal) va davlat organlari va tashkilotlari veb-saytlariga joylashtirilib, har chorakda yangilab boriladi:

● amalga oshirilgan davlat xaridlari;
● mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari;
● Prezident, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar;
● o‘zlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi.

Farmonga ko‘ra, quyidagi imtihonlarni o‘tkazish jarayonini Internetda jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:

● OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari;
● o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq imtihonlar;
● nostrifikasiya test sinovlari.

2021/2022 o‘quv yili qabuligacha imtihonlarni Internetda jonli efirga uzatishni ta’minlaydigan, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan “imtihon.uz” veb-platformasi ishga tushiriladi.